» » Xitoyda ota bir kosa lag‘mon uchun 2 yoshli qizini garovga qoldirdi

Xitoyda ota bir kosa lag‘mon uchun 2 yoshli qizini garovga qoldirdi


Xitoyning Guandun provinsiyasidagi oshxonalarning birida ota ikki yoshli qizini garov sifatida qoldirib ketdi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar qildi.

Ta’kidlanishicha, erkak olti yuan (0,9 dollar) turadigan bir kosa lag‘mon sotib olish uchun puli yetmagan. Shunda u tamaddixona egasiga qizini garov sifatida qoldirishini va uni olib ketish uchun ertaga kelishini ma’lum qilib, oshxonani tark etgan.

Qizcha otasi ortidan ergashishga harakat qilgan, biroq erkak qizni ortga qaytargan. Bola yig‘lashni boshlagan.

Tamaddixona ishchilari qizaloqni oshxonaga olib kirib, unga sut bergan. Shundan so‘ng politsiyaga xabar qilgan.

Bir necha soatdan so‘ng ota qaytgan, lekin bolani topa olmagan va politsiyaga xabar berilgani uchun oshxona egasiga baqirishni boshlagan.

“Erkak qizimni tashlab ketmoqchi emas edim, shunchaki naqd pul topish uchun ketgandim deb turib oldi. Ammo bu ish ko‘p vaqtni olgan, chunki uning mopedi akkumulyatori o‘tirib qolgan va uni zaryad qildirishga majbur bo‘lgan”, — deb xabar qilindi politsiyada.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (17-04-2019, 23:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 102) ( 0) ( 101) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют