» » Markaziy Osiyo mototsiklchilari O‘zbekistonda motomavsumni ochib beradi

Markaziy Osiyo mototsiklchilari O‘zbekistonda motomavsumni ochib beradi


4-may kuni O‘zbekistonda Markaziy Osiyo motomavsumi ochilish marosimi bo‘lib o‘tadi, deb xabar berdi Sputnik.

Markaziy Osiyo mototsiklchilari ilk marotaba mavsum ochilishini birgalikda yangi format va ko‘lamda o‘tkazadilar. Ushbu ramziy voqelikni Tojikiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, O‘zbekiston va Rossiyadan bo‘lgan havaskor va professional motohaydovchilar qo‘llab-quvvatladi.

Ta’kidlanishicha, O‘zbekistonda bu tadbir o‘tkazilishi  - mamlakatda turizmni rivojlantirish, sayyohlar uchun qiziqarli tadbirlar sonini ko‘paytirish tashabbusi bilan bog‘liq.

Ya’ni tadbir tashabbuskorlari O‘zbekistonni gastronomik jihatdan ko‘rsatibgina qolmay, mamlakatni zamonaviy va jadalliy bilan rivojlanayotgan, boy tarixga va yirik turistik salohiyatga ega, barcha turdagi sayyohlar, shu jumladan, moto-turistlar uchun ham qiziqarli bo‘lgan davlat sifatida namoyish qilishni maqsad qilgan.

Motofestivalga “Milliy” stadioni oldida 4-may kuni soat 8:30 da start beriladi, so‘ngra 11:30 da NEXT ko‘ngilochar savdo-majmuasi avtoturargohida katta motoshou bo‘lib o‘tadi, festival Chorvoqdagi “Piramida” dam olish zonasiga marsh-brosok bilan yakunlanadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (18-04-2019, 15:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 95) ( 0) ( 93) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют