» » Mun Chje In Toshkent shahridagi Inha universitetiga tashrif buyurdi

Mun Chje In Toshkent shahridagi Inha universitetiga tashrif buyurdi


Koreya Respublikasi Prezidenti Mun Chje In Ozbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov hamrohligida Toshkent shahridagi Inha universitetida bolib, Ozbekiston Koreya hamkorligida amalga oshirilishi rejalashtirilgan telemeditsina loyihasi taqdimoti bilan tanishdi. Bu haqda OzA xabar bermoqda.

Ozbekiston bilan Janubiy Koreya ortasidagi dostlik va hamkorlikning yorqin ramzi bolgan Toshkent shahridagi Inha universiteti 2014-yili tashkil etilgan bolib, asosiy faoliyati mamlakatda IT texnologiyalarini rivojlantirish, Koreya Respublikasining bu sohadagi yetakchi salohiyatini Ozbekistonda tatbiq etishdan iborat.

Bugungi kunda bu yerda kompyuter va dasturiy injeniring hamda logistika yonalishlari boyicha 1 ming 300 dan ortiq talaba tahsil olmoqda. 2018-yili universitetni tugatgan birinchi 100 nafar bitiruvchining aksariyati mamlakatdagi nufuzli kompaniya va tashkilotlarda faoliyat yuritmoqda. Qolgan qismi Janubiy Koreya va boshqa davlatlarning yetakchi universitetlarida magistraturada oqishni davom ettirmoqda.

Oliy talim muassasasida oquv jarayoni xalqaro standartlar asosida, Janubiy Koreyadagi Inha universitetining boy tajribasi asosida tashkil etilgan. Universitetning strategik rivojlantirish rejasi doirasida yangi bakalavriat va magistratura yonalishlarini ochish, ilmiy laboratoriyalar tashkil etish, xalqaro ilmiy grantlarda ishtirok etish hamda koreyalik hamkorlar bilan birga raqamli kutubxona yaratish orqali talim muassasasining ilmiy salohiyatini kuchaytirish nazarda tutilgan.

Prezident Mun Chje In bu yerda Ozbekiston Koreya hamkorligidagi telemeditsina loyiha bilan tanishar ekan, masofadan turib bemorlarni davolashda yolga qoyilayotgan mazkur yonalish mamlakatlar hamkorligini yuksaltirishda muhim ahamiyat kasb etishini takidladi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev mamlakatlarimiz hamkorligini barcha sohalar qatori tibbiyot sohasida rivojlantirishga ham alohida etibor qaratmoqda. Ozbekistonda Janubiy Koreyaning sogliqni saqlash tizimi litsenziyalari tan olingan, shifokorlarimiz bu yerda samarali faoliyat olib bormoqda. Ishonch bilan aytish mumkinki, raqamli tibbiyot sohasida Janubiy Koreyaning imkoniyatlari va Ozbekistonning ushbu yonalishga katta qiziqishi tomonlar ortasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash, xalqlarimizning hayot sifatini yuksaltirishga xizmat qiladi. Mamlakatlarimiz tortinchi sanoat inqilobi davrida strategik sheriklar sifatida hamkorlik qiladi, dedi Mun Chje In.

Prezident Koreya hukumatining ushbu loyihada faol ishtirok etishini qayd etib, yangi yonalish mamlakatlarning tibbiyot sohasidagi hamkorligini rivojlantirishga munosib hissa qoshishiga ishonch bildirdi.

Mazkur tashrif doirasida Koreya Respublikasi Savdo-sanoat va energetika vazirligi hamda Ozbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi ortasida raqamli tibbiyot togrisida ikki tomonlama hamkorlik memorandumi imzolanib, Digital Health Care teletibbiyot loyihasi amalga oshiriladi.

Loyihadan kozlangan maqsad Koreya tajribasini qollagan holda, Ozbekistonda raqamli tibbiyotni rivojlantirishdir. Bunda telekommunikatsiya aloqalari orqali masofadan turib tibbiy maslahatlar beriladi. Loyiha Koreyaning OPR jamgarmasi (official development assistance ODA) komagida moliyalashtirilmoqda.

Loyiha Toshkent tibbiyot akademiyasi, Toshkentdagi Inha universiteti va Janubiy Koreyadagi Inha universiteti gospitali, Hanjin Information Systems & Telecommunication Co., Ltd, U-SHIN C & C Co., Ltd., HeSel Co., Ltd. kompaniyalari hamkorligida amalga oshirilmoqda.



Manba: Daryo.uz
: admin (18-04-2019, 20:29)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 6) ( 0) ( 5) ( 1)
:
-
:
:
20 ... -