» » Xorijdagi vatandoshlarni O‘zbekistonga taklif qilish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi

Xorijdagi vatandoshlarni O‘zbekistonga taklif qilish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi


Hukumatning 2019-yil 17-apreldagi qarori bilan Xorijda istiqomat qilayotgan vatandoshlar va ularning oila a’zolarini O‘zbekistonga taklif qilishni rasmiylashtirish, ko‘p martalik kirish vizalarini berish hamda ularni ichki ishlar organlari tomonidan vaqtincha propiska qilish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi. Bu haqda Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” kanali xabar berdi.

Nizomga muvofiq, vatandoshlarni O‘zbekistonga taklif qilish uchun Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmalariga, shahar bo‘limlariga (MvaFR) quyidagilar taqdim etiladi:

MvaFR bo‘linmasi 3 ish kunida hujjatlarni tekshiradi. So‘ng arizani kelishish uchun vakolatli organga yuboradi.

MvaFR vakolatli organ bilan kelishganidan va ijobiy qaror qabul qilganidan so‘ng taklifnoma to‘ldiriladi va taklif qiluvchiga beriladi. Taklif qilish haqidagi hujjatlarni ko‘rib chiqish muddati 15 ish kunidan oshmasligi lozim.

Taklifnoma 3 oy amal qiladi va u kirish vizalarini rasmiylashtirish uchun Tashqi ishlar vazirligining Konsullik-huquqiy departamenti yoki vazirlikning hududiy bo‘linmalariga quyidagi hujjatlar bilan beriladi:

Hujjatlar 5 ish kunida ko‘rib chiqiladi va amal qilish muddati 2 yil bo‘lgan ko‘p martalik “VTD” kirish vizalari beriladi.

Taklif qiluvchi vatandoshni vaqtincha propiska qildirish uchun MvaFRga murojaat qiladi va MvaFR bo‘linmasi 2 ish kunida 2 yillik propiskani rasmiylashtiradi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-04-2019, 16:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 100) ( 0) ( 99) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют