» » “Tottenhem” APLda so‘nggi 15 yil ichidagi eng noxush natijasini qayd etdi

“Tottenhem” APLda so‘nggi 15 yil ichidagi eng noxush natijasini qayd etdi


Maurisio Pochettino qo‘l ostidagi “Tottenhem” jamoasi Angliya chempionatining 35-turida safarda “Manchester Siti”ga 0:1 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ydi.

Bu “shporlar”ning Angliya chempionatining safarda qabul qilib olgan ketma-ket beshinchi mag‘lubiyati bo‘ldi. Jamoa avvalgi turlarda “Liverpul” (1:2), “Sauthempton” (1:2), “Chelsi” (0:2) hamda “Byornli” (1:2) klublariga mag‘lub bo‘lgandi.  London klubi APLdagi ishtiroki davomida bunday holatga atigi 2 marta duch kelgandi, deb yozadi Gracenote Live.

Jumladan, jamoa 2000-yil avgustidan dekabriga qadar Jorj Grem qo‘l ostida safardagi ketma-ket yettita bahsda mag‘lub bo‘lgan. 2004-yil martidan mayiga qadar esa Devid Plit boshqaruvida ketma-ket oltita safar o‘yinida yutqazgandi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (20-04-2019, 23:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 87) ( 0) ( 85) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют