» » A Seriya. “Inter” o‘z maydonida “Roma”ni yuta olmadi (video)

A Seriya. “Inter” o‘z maydonida “Roma”ni yuta olmadi (video)


20-aprel, shanba kuni futbol bo‘yicha Italiya chempionati 33-turining markaziy o‘yinida Luchano Spaletti qo‘l ostidagi “Inter” jamoasi “Juzeppe Meatssa” stadionida Klaudio Ranyeri boshqaruvidagi Rimning “Roma” klubiga qarshi bahs olib bordi.

Uchrashuvning 15-daqiqasida rimliklar yarim himoyachisi Stefan al-Shaaravi Edin Jeko uzatgan to‘pni Antonio Mirante qo‘riqlayotgan darvozaga joylab qo‘ygan bo‘lsa, 61-daqiqaga kelib milanliklar yarim himoyachisi Ivan Perishich hisobni tenglashtirdi (1:1).

Shu tariqa bellashuv 1:1 hisobida yakunlandi va jamoalar bir ochodan bo‘lishib oldi.

A Seriya

33-tur bahslari

20-aprel, shanba

Gollar: 0:1 — 15 al-Shaaravi, 1:1 — 61 Perishich

“Inter”: Handanovich, D’Ambrozio, de Vrey, Skrinyar, Asamoa, Valero, Vesino, Politano (Keyta, 84), Nainggolan (Ikardi, 54), Perishich, Martines (Mariu, 79)

“Roma”: Mirante, Florensi, Jesus Juan, Fasio, Kolarov, Kristante, Stiven, Under (Zaniolo, 46), Pellegrini (Klyuvert, 81), al-Shaaravi, Jeko

Ogohlantirishlar: Vesino (62), Kristante (76), Zaniolo (84)

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-04-2019, 01:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 100) ( 0) ( 99) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют