» » Nyu-Yorkda aholini yuz berayotgan jinoyatlardan ogohlantiruvchi Citizen dasturi ishga tushirildi (video)

Nyu-Yorkda aholini yuz berayotgan jinoyatlardan ogohlantiruvchi Citizen dasturi ishga tushirildi (video)


Nyu-York ko‘chalaridan birida ketayotgan qiz o‘zidan sal nariroqda otishma yuz berayotganidan bexabar. Birdaniga uning telefoniga xabar keladi va maxsus servis uni va yana shu atrofdagi yuzlab odamlarni qochib ketgan jinoyatchidan ehtiyot bo‘lish uchun qaysi ko‘chaga bosh suqmaslik haqida ogohlantiradi. Bu haqda TJournal hikoya qilmoqda.

Citizen (“Fuqaro”) dasturi real vaqt tartibida yaqin orada yuz berayotgan voqealar haqida bildiruvlar taqdim etadi. Shuningdek, fuqarolarning o‘zi atrofdagilarni xabardor qilish uchun hodisaning to‘g‘ridan-to‘g‘ri translyatsiyasini olib borishi mumkin.

Hozircha Nyu-Yorkning faqat besh tumanida ishlayotgan dastur noqulayliklar tug‘dirmasligi uchun uning xodimlari megapolis politsiyasi va o‘t o‘chiruvchilarning shifrlanmagan chastotatalarini skaner qiladi.

Shundan so‘ng foydalanuvchilarga ularga yaqin hududda ro‘y berayotgan hodisalar haqida bildiruv yuboriladi, shuningdek, bo‘lib o‘tgan hodisalarning qidiruv xaritasi yaratiladi.

Citizen dasturidan barcha iOS va Android-qurilmalar yordamida foydalanish mumkin. Loyiha mualliflari politsiya taklif etilgan konsepsiyani ma’qullashi va dastur AQShning boshqa shaharlarida ham ishga tushirilishiga umid qilmoqda.

Опубликовано: admin (16-03-2017, 11:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 96) ( 0) ( 95) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют