» » Payariqlik ayol tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnomani 100 yoshdan oshganda oldi

Payariqlik ayol tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnomani 100 yoshdan oshganda oldi


“Zarnews” nashrining xabar berishicha, Payariq tumani Adliya bo‘limiga tumandagi “Yangiobod” mahalla fuqarolar yig‘ini, “Yo‘ltepa” qishlog‘ida yashovchi fuqaro Po‘lat Sherqulov 1919-yilda tug‘ilgan onasi Xurim Umirovaning yoshi 100 dan oshgan bo‘lsa ham, tug‘ilganlik guvohnomasi  yo‘qligi haqida murojaat qilgan.

Payariq tumani adliya bo‘limi tashabbusi va bevosita ishtiroki bilan Ma‘muriy ishlar bo‘yicha Payariq tuman sudiga ariza kiritilgan.

2019-yil 17-aprel kuni sayyor sud majlisida 1919-yilda tug‘ilgan Xurim Umirovaga tug‘ilganlik guvohnomasi berish haqida FHDYoga majburiyat yuklatilgan va guvohnoma egasiga topshirilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-04-2019, 09:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 73) ( 0) ( 72) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей...