» » Fotogalereya: AQShdagi 350 ming Volkswagen mashinalarining qabri qanday paydo bo‘lgan?

Fotogalereya: AQShdagi 350 ming Volkswagen mashinalarining qabri qanday paydo bo‘lgan?


2015-yil avtomobil sanoatida katta janjal boshlandi: Volkswagen kompaniyasi mijozlariga nisbatan halol ish tutmagani ma’lum bo‘ldi, deya yozadi Travel Ask.

Audi, Volkswagen, ?koda, Bugatti, Lamborghini, Bentley, Porsche kabi avtomobil markalarini ishlab chiqaruvchi gigant kompaniya bozorda birinchilikni qo‘lga kiritish uchun dizel dvigatelli avtomobillarni ishlab chiqara boshladi. Ular esa atrof-muhitga zaharli gaz chiqaradi. Konsern bunday avtomobillardan 11 milliontasini savdoga chiqardi. Avtomobillar “dizelgeyt” nomini olib, janjal boshlanmaguncha, 2008-yildan 2015-yilgacha kompaniya mashinalarni savdoga chiqarishdan to‘xtamadi.

Janjal natijasida Volkswagen kompaniyasi 25 milliard dolarlik zarar ko‘rdi va obro‘si pasaydi. Faqatgina AQShda 300 mingdan ziyod dizel avtomobil sotib olindi. Ularning barchasi bugungi kunda Amerikaning turli shtatlarida maxsus jihozlangan avtoturargohlarda saqlanadi. U yerlarni “Volkswagen qabristoni” deb atashadi. Bunday avtoturargohlar umumiy hisobda 37 tani tashkil qiladi. Eng kattasi esa Kaliforniya sahrolarida joylashgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-04-2019, 17:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 105) ( 0) ( 102) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют