» » Foto: Volkswagen’ning minglab tashlandiq dizel mashinalari joylashgan avtoturargohi

Foto: Volkswagen’ning minglab tashlandiq dizel mashinalari joylashgan avtoturargohi


Volkswagen kompaniyasi joriy yilning fevral oyida amerikalik xaridorlardan 350 ming nusxadan ortiq dizel avtomobillarini 7,4 milliard dollarga sotib oldi. Ishlab chiqaruvchi tomonidan sotib olingan barcha mashinalar Amerikadagi 37 ta maydonda saqlanmoqda. Reuters agentligi shu kabi avtoturargohlardan birining suratlarini taqdim etdi, deb xabar beradi “Motor”.

Volkswagen dizel mojarosi sabab qaytadan sotib olishga majbur bo‘lgan avtomobillarini turli maydonlarda saqlab kelmoqda: masalan, Detroytdagi futbol stadionida, Minnesotadagi sobiq qog‘oz fabrikasida, Pontiak shahridagi tashlandiq stadion yaqinida va hatto Kaliforniya cho‘lida ham.

Barcha maydonlarda avtomobillar vaqtincha saqlanmoqda va kompaniya ularni ikkilamchi bozorda sotishni yoki eksport qilishni rejalashtirgan.

Masalan, o‘tgan yil yakunlariga ko‘ra VW kompaniyasi 335 ming nusxada dizel mashinalarini chiqargan bo‘lsa, ularning 13 mingtasini qaytadan sotgan va 28 mingtasini utilizatsiya qilgan. 2017-yil oxirida AQSh hududidagi maydonlarda jami 294 ming avtomobil saqlangan.

Ikki yil oldin VW AQSh hukumati bilan kelishib, dizel mashinalariga egasiga ikkita tanlovni taklif etgandi: mashinani kompaniyaga sotish yoki bepul ta’mirlatish. Ikkala holatda ham ularda qo‘shimcha kompensatsiya to‘lanadi.

Volkswagen ekologik testlardan o‘tishda firibgarlik sxemasidan foydalangani 2015-yilning sentabrida ma’lum bo‘lgandi. Butun dunyo bo‘ylab bu kabi muammo 11 million mashinada kuzatilgan. Ma’lumotlarni yashirgan kompaniyaga nisbatan 90 milliard dollargacha jarima solinishi mumkin.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-04-2018, 15:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 74) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют