» » Isroil Madrimov Osiyo chempionatidagi mag‘lubiyatdan so‘ng boshqa havaskor boksda jang qilmasligini e’lon qildi

Isroil Madrimov Osiyo chempionatidagi mag‘lubiyatdan so‘ng boshqa havaskor boksda jang qilmasligini e’lon qildi


Professional boks bo‘yicha super o‘rta (-69,85 kg) vazn toifasida ringga chiqayotgan o‘zbekistonlik bokschi Isroil Madrimov endi havaskorlar o‘rtasida o‘tadigan musobaqalarda ishtirok etmasligini ma’lum qildi. Bu haqda sportchi Instagram’dagi sahifasida yozib qoldirgan.

Bokschi Osiyo chempionatida qozog‘istonlik Tursinboy Qulahmetga qarshi jangdan so‘ng shu qarorga kelgan.

Shu bilan bo‘ldi, azizlar, men boshqa havaskor boksda ringga tusha olmayman! Kim shu paytgacha bizni qo‘llab-quvvatlab kelayotganlarga chin yurakdan o‘z minnatdorchiligimni bildiraman. Havaskor boksda shunaqa narsalar ham bo‘lib turadi, men bugungi jangni yutdim, buni hamma biladi meni yutganimni ko‘rishdi, afsuski, bu holat mening havaskorlik karyeramga nuqta qo‘ydi.

Hayot davom etadi, yana oldinga intilishda davom etamiz, men g‘urur bilan o‘z jonajon, jannatmakon O‘zbekistonimni xalqaro maydonda himoya qilaman, faqat professional ringda. Men ishonch bilan aytaman professional ringda menga tegishli narsani hech kimga bermayman. Men professionalman, interkontinental yo‘nalishda chempionman, tez kunlarda hamma kamarni yutib olaman, Inshaalloh! Bitta yo‘lni tanlash menga ham shu maqsadimga yetishga yordam beradi! Sizlarni yaxshi ko‘raman!

Isroil Madrimov, professional bokschi

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-04-2019, 17:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 95) ( 0) ( 93) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют