» » Qo‘qondagi maxsus kollejning 4 nafar buxorolik tarbiyalanuvchisini Yoshlar ittifoqi o‘z kafilligiga oldi

Qo‘qondagi maxsus kollejning 4 nafar buxorolik tarbiyalanuvchisini Yoshlar ittifoqi o‘z kafilligiga oldi


Qo‘qon shahridagi maxsus yengil sanoat kasb-hunar kollejiga biriktirilgan 15 nafar buxorolik tarbiyalanuvchilardan 4 nafarining hujjati muddatidan oldin uyiga qaytishi uchun yoshlar ittifoqi kafilligi ostida maxsus komissiyaga topshirildi. Bu haqda yoshlar ittifoqi viloyat Kengashi ijtimoiy-huquqiy masalalar va jinoyatchiliklar profilaktikasi bo‘limi mudiri Islom Sharipov “Daryo”ga xabar berdi.

Yoshlar ittifoqining Buxoro viloyat Kengashi respublikada ilk bor yangi tashabbusga qo‘l urgan. Viloyat xotin-qizlar qo‘mitasi hamda ichki ishlar boshqarmasi xodimlari hamkorligidagi ishchi-guruh a’zolari Qo‘qon shahridagi maxsus yengil sanoat kasb-hunar kollejida bo‘lgan.

Ma’lumki, ushbu maxsus kasb-hunar kolleji Respublikada yagona bo‘lib, unda O‘zbekistonning turli burchaklaridan kelgan 200 nafarga yaqin qiz tarbiyalanadi. Bunda ota-onasi turli sabablarga ko‘ra, xususan, xorijda ishlagani tufayli tashlab ketgan, nazoratsiz va qarovsiz qolgan, oiladagi qiyinchiliklar sabab maktabga bormay, turli ishlarga, xususan fohishalikka qo‘l urgan yoki o‘g‘rilikka majburlangan qizlar saqlanadi. Tarbiyasi og‘ir voyaga yetmagan qiz bolalar ichki ishlar organlarining asoslantirilgan hujjatlariga muvofiq, sudning qaroriga asosan, mazkur kollejga joylashtiriladi. Yopiq turdagi bu kollejda o‘quvchi-qizlar 18 yoshga to‘lgunga qadar tarbiyalanadi.

Ishchi-guruh a’zolari mazkur muassasada tahsil olayotgan tarbiyasi og‘ir qizlar bilan uchrashib, muloqot olib borgan. Ayniqsa, ta’lim muassasasida tahsil olayotgan 15 nafar buxorolik qiz bilan uchrashuv davomida ishchi guruh vakillari ularning har biri bilan alohida suhbatlashib, kelgusidagi reja va orzu-maqsadlari bilan qiziqqan.

Uchrashuv davomida A.Bassa hamda A.Darki metodikasi asosida qizlarning agressiya ko‘rsatkichlarini tashxislash maqsadida o‘tkazilgan test natijalariga ko‘ra, 15 nafar ishtirokchidan 6 nafarida boshqalarga adovat kayfiyati, 1 nafarida yuqori agressivlik, 11 nafarida pushaymonlik hissi borligi aniqlangan.

O‘zini namunali jihatdan ko‘rsatgan to‘rt nafar qiz yoshlar ittifoqi kafilligi ostida muddatidan oldin uylariga qaytishlari uchun maxsus komissiyaga hujjatlari topshirilgan.

— Bolaligimda ota-onam ajralishdi. Oradan ko‘p o‘tmay, onam turmushga chiqdi. Men otamning qo‘lida qoldim. 7-sinfda o‘qib yurgan kezlarimda esa otam ham uylandi. Buvim dunyodan o‘tdi. O‘gay onam otam yo‘g‘ida doim siquvga olar, kaltaklardi. Och qolgan kezlarim ham ko‘p bo‘lgan. Bora-bora otam ham meni eshitmay qo‘ydi. Meni himoya qiladigan hech kim qolmagandi. Oilamdan soviy boshladim. Ko‘chadagi tengqurlarimga qo‘shilib qoldim. Shu-shu boshi berk ko‘chaga kirib qoldim. Hozirga qadar Qo‘qon shahridagi maxsus yengil sanoat kasb-hunar kollejidaman. Kuni kecha Buxorodan delegatsiyaning tashrifi sabab men Ittifoq kafilligi ostida uyga qaytariladigan bo‘ldim. Buning uchun yoshlar tashkilotiga o‘z minnatdorligimni bildiraman, — deydi o‘quvchi qizlardan biri.

Shu kuni yoshlar tashkiloti viloyat Kengashi vakillari Toshkent viloyatidagi 21-sonli ayollar jazosini ijro etish muassassida ham bo‘lgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (23-04-2019, 18:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 80) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют