» » DXX mobil telefonlari xotiralarida aqidaparastlikni targ‘ib qiluvchi materiallar bo‘lgan ikki fuqaroni hibsga oldi

DXX mobil telefonlari xotiralarida aqidaparastlikni targ‘ib qiluvchi materiallar bo‘lgan ikki fuqaroni hibsga oldi


Toshkent IBBB tomonidan 1975-yilda tug‘ilgan Rustambek Karimov va 1971-yilda tug‘ilgan To‘lqin Astanovga nisbatan to‘plangan materiallar qonuniy chora ko‘rish maqsadida Davlat xavfsizlik xizmatiga taqdim etildi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Mazkur materiallar huquqiy baho berish maqsadida DXX tergov boshqarmasi tomonidan o‘rganib chiqildi. Natijada R.Karimov va T.Astanovga tegishli mobil telefonlar xotiralarida mamlakatda faoliyati ta’qiqlangan ekstremistik tashkilotlarga tegishli va aqidaparastlikni targ‘ib qiluvchi materiallar mavjudligi aniqlandi.

R.Karimov va T.Astanovning harakatlarida Jinoyat Kodeksining 2441-moddasi 1-qismida nazarda tutilgan jinoyat tarkibi mavjudligi inobatga olinib, ularga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Jinoyat-protsessual kodeksining 227-moddasiga asosan mazkur shaxslar ushlanib, DXX tergov hibsxonasiga joylashtirildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-04-2019, 08:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 80) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют