» » Bolaning begonasi bo‘lmaydi: 5 yoshli Mavludaning sog‘ayishiga hissa qo‘shaylik!

Bolaning begonasi bo‘lmaydi: 5 yoshli Mavludaning sog‘ayishiga hissa qo‘shaylik!


2014-yil 18-avgustda Namangan viloyatida tug‘ilgan Mavluda Mahamadjonova bir yarim yildan beri oqqon kasalligi bilan kurashmoqda.

“Farzandim Mavludaning yuzida shish paydo bo‘lib, tomoqdagi anginasi kattalashib bordi. Nafas olishi, eshitishi qiyinlashib, kundan-kunga holsizlanib, ishtahasi yo‘qolib borardi. Bir necha shifoxonalarda davolandi, lekin sog‘ligida ijobiy natija bo‘lmadi.

Farzandim Namangan viloyatidagi o‘ndan ortiq shifoxonalarda onkologlar, yuz-jag‘ jarrohi, lor va stomotologlar ko‘rigidan o‘tdi. Ular ham bu bizning kasalimiz emas deyishdi. Aniq tashxis topolmay, ancha sarson bo‘ldik.

Shundan so‘ng, to‘g‘ri aniq tashxis topish va anginasini oldirish uchun Andijonga olib bordik. Mutaxassislarni chuqur tekshiruvi va tahlil xulosalari qizimda leykoz (oqqon ) kasalligi alomatlari borligini aniqladi.

Shundan so‘ng shifokorlar bizni Toshken shahar qon quyish va ilmiy tekshirish institutiga borishimizni aytdi.

Mana qariyb yarim yildan beri poytaxtdagi Gematologiya markazida farzandim Mavludani davolatib kelmoqdamiz.

Hozirgi kunda 2 kurs muolajasi yakunlandi. Oldinda asosiy kurslardan 4 kurs va qo‘shimcha ikki yillik muntazam davolanish kurslari navbatda turibdi.

Dori darmonlarning narxi juda qimmat bo‘lganligi sabab, kurslarni davom ettirishga, dorilarini olib berishga moddiy tomondan imkonimiz yetmay qoldi.

Saxovatli yurtdoshlarimizdan qizim Mavludaning kurslarini davom ettirish uchun xolis moddiy yordam berishlarini iltimos qilib qolaman”,— deydi Mavludaning otasi Umarjon aka.

Bir olam orzular bilan hayot uchun kurashayotgan Mavludadan yordamingizni ayamang! Unga imkon qadar xolis moddiy tomondan yordam beraylik!

Xayriya qilmoqchi bo‘lganlar uchun kerakli ma’lumotlar:

Plastik karta orqali: (Click, Payme)

Otasi Jo‘rayev Umar nomiga ochilgan

Turon banki: 8600 1104 5258 8589

Xorijdan bankdan mablag‘ yubormoqchi bo‘lganlar uchun otasining pasport ma’lumotlari:

Juraev Umar AA 9724620

Otasi Umarjon akaning telefon raqami: 

Telegram: +998934038025



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-04-2019, 11:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 65) ( 0) ( 64) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют