» » APL. “Old Trafford”da bugun Manchester titanlari jang qiladi

APL. “Old Trafford”da bugun Manchester titanlari jang qiladi


24-aprel, chorshanba kuni futbol bo‘yicha Angliya premyer ligasining 31-turi doirasida qoldirilgan 2 ta uchrashuv bo‘lib o‘tadi.

Kunning dastlabki o‘yinida Unai Emeri qo‘l ostidagi Londonning “Arsenal” klubi “Vulverhempton” maydoniga safar qiladi. Bahsga Toshkent vaqti bilan soat 23:45 da start beriladi.

Eslatib o‘tamiz, “to‘pchilar” 34-turda “Uotford”ni Pyer-Emerik Obameyangning kiritgan yagona goli evaziga mag‘lub etgandi (1:0).

Shu kuni Manchesterning ikki klubi “Yunayted” hamda “Siti” “Old Trafford” stadionida kuch sinashadi. Bellashuv soat 00:00 da boshlanadi.

Ma’lumot uchun, “shaharliklar” avvalgi turda o‘z maydonida “Tottenhem”ni taslim qilgandi (1:0), “qizil iblislar” esa Liverpul shahrida “Everton”ga yirik hisobda mag‘lub bo‘lgandi (0:4).

APL

24-aprel, chorshanba

31-tur qoldirilgan o‘yin

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-04-2019, 12:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 77) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют