» » Nukusda yerga cho‘kib ketgan yuk mashinasi “qutqarildi” (foto)

Nukusda yerga cho‘kib ketgan yuk mashinasi “qutqarildi” (foto)


“KRuz.uz” saytining Facebook’dagi sahifasida Nukus shahrining “Do‘stlik” kanali qarshisidagi yo‘lda Isuzu yuk mashinasi yerga cho‘kib qolgani haqida xabar berilgan edi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi IIV YoXB yong‘inga qarshi targ‘ibot guruhi katta muhandisi, leytenant A. Abdurahmonov ushbu holat yuzasidan ma’lumot berdi.

Abdurahmonovning ma’lum qilishicha, bugun soat 12:55 da 1050 raqamiga kelib tushgan xabar bo‘yicha fuqaro Ye.A ning yuk avtomashinasi kanalizatsiya quvuriga tushib ketganligi xabar qilingan. Voqea joyiga yetib borgan FVB va YoXB xodimlar avtomashinani chiqarib olishda hamkorlikda harakat qilib, fuqaro Ye.A ga amaliy yordam kursatgan.

Ma’lumotlarga qaraganda, yuk mashinasi un ortib kelayotgan bo‘lgan. Mashinaning yo‘lga cho‘kib ketishiga esa o‘sha yerdagi kanalizatsiya tizimidagi nosozliklar sabab sifatida ko‘rsatilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-04-2019, 14:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 91) ( 0) ( 89) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют