» » O‘zbekiston Bosh vaziri Georgiy lentasi ommalashib borayotganini tanqid qildi

O‘zbekiston Bosh vaziri Georgiy lentasi ommalashib borayotganini tanqid qildi


Bosh vazir Abdulla Aripov raisligida videoselektor bo‘lib o‘tdi, deya xabar bermoqda “Oltin voha” Telegram-kanali.

Unda boshqa masalalar bilan bir qatorda Xotira va qadrlash kunini munosib kutib olish masalasi ham ko‘rib chiqildi.

Bosh vazir Georgiy lentasi ommalashib borayotganini tanqid qildi. Xuddi shunga o‘xshash aksiyani o‘zimizda keng ommalashtirish kerakligini aytdi.

Facebook’da O‘zbekiston bayrog‘i aks etgan chellenj uyushtirish, bunda Shahzoda, Rayhon kabi san’atkorlarni jalb etish topshirig‘i berildi. Faqat estrada vakillari emas, sportchilar, so‘z ustalari, ziyolilar ham bu aksiyaga qo‘shilishi kerakligi aytildi. Umuman, propoganda mashinasini to‘la ishlatish topshirig‘i berildi.

Bosh vazir topshirig‘iga ko‘ra,  milliy bayroq aks etgan lentalardan 100 ming nusxadan ziyod chop etiladi, tarqatiladi.

“Bu tadbir rasmiy tadbir emas, mehr bilan, vijdonan xalqni birlashtiradigan aksiya bo‘lishi kerak”, – dedi Bosh vazir Abdulla Aripov.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (24-04-2019, 19:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 33) ( 0) ( 31) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют