» » Toshkentda o‘tayotgan jaz festivalida Indoneziyaning “Gamelan” guruhini chiqish qildi

Toshkentda o‘tayotgan jaz festivalida Indoneziyaning “Gamelan” guruhini chiqish qildi


Toshkent, Samarqand, Buxoro va Qo‘qon shaharlarida 30-aprelga qadar O‘zbekiston Madaniyat vazirligi, Davlat filarmoniyasi, Madaniyat va san’atni rivojlantirish fondi, “Ilhom” teatri jaz-klubi, Toshkent shahar hokimligi tomonidan Fransiya, Isroil, Hindiston, Indoneziya, Vengriya, Turkiya, Buyuk Britaniya, Shveysariya va Chexiya elchixonalari ko‘magida Xalqaro jaz festivali bo‘lib o‘tmoqda.

Indoneziyaning O‘zbekistondagi elchixonasi xodimi Jamila Yusupovaning “Daryo” muxbiriga ma’lum qilishicha, bu yilgi festivalda Indoneziyadan “Gamelan” an’anaviy musiqa orkestri qatnashmoqda. Orkestr 20-aprel kuni O‘zbekiston davlat konservatoriyasida chiqish qilib, tomoshabinlarga o‘z san’atini namoyish etdi.

“Besh yildan beri aprel oyida jaz festivali o‘tkaziladi. Indoneziya elchixonasi festivalda to‘rtinchi marotaba qatnashyapti. Har yili festivalga turli guruhlarni olib kelishga harakat qilamiz. Bu gal ‘Gamelan’ orkestri qatnashmoqda. Guruhning 14 nafar a’zosi indonez milliy cholg‘ularini jaz bilan omuxtalashtirgan holda chiqishlar tayyorlagan”, — dedi Jamila Yusupova. “Gamelan” tomonidan Samarqand chet tillar institutida indonez tilini o‘rganayotgan talabalar uchun ham madaniy dastur namoyishi rejalashtirilgan.

Xalqaro festivalda isroillik pianinochi va bastakor Omri Mor, Turkiyadan “Turumtay—Zarich” guruhi, venger jaz-rok qo‘shiqchisi va gitarachi Barna Peli, hindistonlik xonanda Shefali Alvares, Shveysariyadan Malkolm Braff va Kler Yugenen dueti va boshqa jaz musiqachilari ham qatnashmoqda. Konsertlar Toshkentda “Turkiston” saroyida, Davlat konservatoriyasida, “Ilhom” teatri va Yoshlar teatrida bo‘lib o‘tadi. Shuningdek, Samarqand, Buxoro va Qo‘qonda hind musiqachilarining chiqishlari bo‘lib o‘tadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (25-04-2019, 20:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 76) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют