» » Hindistonning yetakchi klinikalaridan biri O‘zbekiston bilan hamkorlikni rivojlantirmoqchi

Hindistonning yetakchi klinikalaridan biri O‘zbekiston bilan hamkorlikni rivojlantirmoqchi


Hindistondagi murakkab operatsiyalar, ayniqsa, ichki organlarni ko‘chirishda boy tajriba to‘plangan “Apollo” shifoxonasi O‘zbekiston bilan hamkorlikni rivojlantirmoqchi. Bu haqda “Xalq so‘zi” xabar berdi.

Markaziy Osiyo jurnalistlari uchun tashkil etilgan tanishtiruv tashrifi ishtirokchilari bugun, 26-aprel kuni mazkur klinikaga tashrif buyurib, uning faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

750 o‘rinli shifo maskani eng zamonaviy tibbiyot uskuna va jihozlari bilan ta’minlangan bo‘lib, bu yerda plastik operatsiyalardan tortib, murakkab jarrohlik amaliyotlarigacha amalga oshiriladi. Jigar va buyrakni ko‘chirib o‘tkazish, neyro va kardiojarrohlik shular jumlasidandir. Shu bois klinikada nafaqat mahalliy aholi, balki MDH davlatlarida yuzlab bemorlar kelib, shifo topib ketmoqda.

“O‘zbekiston bilan o‘n yildan buyon hamkorlik qilib kelamiz, — deydi “Apollo” xususiy shifoxonasining MDH bo‘yicha koordinatori doktor Munir Ahmad. — O‘nta shifoxona bilan mustahkam aloqalar o‘rnatganmiz. Biz munosabatlarimiz yanada mustahkamlash niyatidamiz”.

Ayni paytda klinikada to‘rt ming kishi mehnat qiladi. Jarrohlar orasida esa AQSh, Buyuk Britaniya, Yaponiya kabi xorijlik mutaxassislar borligi e’tiborga molik.

Muassasa rahbariyatining aytishicha, shifokorlar orasida O‘zbekistonda tahsil olganlar ham talaygina. O‘zbekistondan esa yiliga o‘rtacha 150 nafar bemor kelib, sog‘lig‘ini tiklab ketayotgan ekan.

E’tiborlisi, bu yerda tekshiruvlar tekin, faqat jarrohlik amaliyotlari pulli. Masalan, jigar plantatsiyasi 15 ming dollar ekan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (26-04-2019, 19:00)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 72) ( 0) ( 71) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют