» » Tramp nutq so‘zlayotganda unga telefon uloqtirildi (video)

Tramp nutq so‘zlayotganda unga telefon uloqtirildi (video)


Prezident Tramp Milliy merganlik assotsiatsiyasida nutq so‘zlayotgan vaqtida olomon ichidan kimdir unga uyali telefonini uloqtirdi, deya xabar beradi “ForumDaily”.

Prezident Indianapolisda  chiqishi qilgan. Buni tasdiqlaydigan video ijtimoiy tarmoqlarda paydo bo‘lgan. Unda telefon sahnaga Trampning chap tomoniga tushgani aks etgan.

Tadbir ishtirokchilarining so‘zlariga ko‘ra, telefonni tashlagan odam zaldan olib chiqilgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, hodisa yuz bergan paytda, maxfiy xizmat bu odamning aybdorligini aniqlash uchun hibsga olgan.

Boshqa prezidentlarga ham xuddi shunday narsa uloqtirish holati kuzatilgan. Misol uchun, Jorj Bushga oyoq kiyim otilgan. 2008-yilda Iroqda bo‘lib o‘tgan matbuot anjumani chog‘ida mahalliy jurnalist poyabzalini AQSh prezidentiga uloqtirgan. Xavfsizlik xizmati aybdorni darhol binodan majburan chiqarib tashlagan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-04-2019, 10:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 32) ( 0) ( 30) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют