» » O‘zbekistonda 2017-yilda toshqinga qarshi choralar uchun 62 mlrd so‘m ajratiladi

O‘zbekistonda 2017-yilda toshqinga qarshi choralar uchun 62 mlrd so‘m ajratiladi


Vazirlar Mahkamasida O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov raisligida toshqinga qarshi komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zbekiston FVV matbuot xizmati xabar bermoqda. 

Yig‘ilishda Favqulodda vaziyatlar, Qishloq va suv xo‘jaligi vazirliklari, “O‘zgidromet” markazi, Davlat geologiya qo‘mitasi rahbarlari, Andijon, Jizzax, Qashqadaryo, Samarqand, Surxondaryo, Toshkent va Farg‘ona viloyatlari hokimlarining hisobotlari, 2017-yilda sel, suv toshqini va ko‘chki hodisalarining xavfi bashorati, mavsum davomida aholi va hududlar muhofazasini tashkil etish bo‘yicha chiqishlar tinglandi.

2016-yilda xavfli hududlardagi daryolar, soylar va kanallar o‘zanlarini tozalash, qirg‘oq va dambalarni mustahkamlash maqsadida 99 marotaba taktik-maxsus o‘quv mashqlari o‘tkazildi.

Aholi xavfsizligini ta’minlash maqsadida Ichki ishlar vazirligi tomonidan 69 ta nazorat-kuzatuv postlari tashkil etildi.

Yig‘ilishda 2017-yil bahor-yoz mavsumida xavfli geologik va gidrometeorologik hodisalar monitoringini kuchaytirish, toshqin, sel va ko‘chki xavfi mavjud hududlarda istiqomat qiluvchi xo‘jaliklar aholisini ko‘chirish, respublika va hududiy toshqinga qarshi shtablar faoliyatini yo‘lga qo‘yish kabi ko‘plab vazifalar belgilab olindi.

Toshqinga qarshi hukumat komissiyasi qarori bilan 2017-yilda daryo, soylar o‘zanlari va qig‘oqlari, gidrotexnika inshootlarida muhandislik-texnik va boshqa himoya tadbirlarini amalga oshirish uchun 62 milliard so‘m ajratilishi ko‘zda tutilmoqda.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (16-03-2017, 22:31)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 79) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют