» » O‘zboshimchalik bilan qurilgan uylarni qonuniylashtirish bo‘yicha aksiya yakunlanishiga 2 kun qoldi

O‘zboshimchalik bilan qurilgan uylarni qonuniylashtirish bo‘yicha aksiya yakunlanishiga 2 kun qoldi


O‘zboshimchalik bilan qurilgan imoratlarni qonuniylashtirish bo‘yicha bir martalik umumdavlat aksiyasi yakunlanishiga 2 kun muddat qoldi, deb xabar beradi “Huquqiy axborot”.

O‘zboshimchalik bilan qurilgan imoratlarga mulk huquqini olish uchun imorat joylashgan hududdagi Davlat xizmatlari markazi orqali tuman (shahar) hokimining nomiga ariza beriladi.

Arizaga quyidagilar ilova qilinadi:

- murojaat etuvchining pasporti nusxasi;

- murojaat etuvchining oila a’zolari haqida hamda yer uchastkasiga egalik qilgan muddatlari va imorat qurilgan vaqt to‘g‘risida fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarining ma’lumotnomalari.

Murojaat etuvchidan boshqa ma’lumotlarni, shuningdek, boshqa hujjatlarni taqdim etishni talab qilish taqiqlanadi.

Arizani ko‘rib chiqish uchun eng kam ish haqining 5 baravari miqdorida bir martalik yig‘im (1 013 650 so‘m) undiriladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-04-2019, 10:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 75) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют