» » AQShlik professor Xalq ta’limi vazirligiga maslahatchi etib tayinlandi

AQShlik professor Xalq ta’limi vazirligiga maslahatchi etib tayinlandi


Shimoliy Jorjiya universitetining pedagogika fanlari doktori, professor Karli Vomak-Ven Xalq ta’limi vazirligiga o‘quv dasturlari hamda ta’lim standartlarini qayta ko‘rib chiqishda ko‘maklashadi, deb xabar berdi vazirlik axborot xizmati.

Professor Karli Vomak-Ven sentabr oyidan O‘zbekistonda ish boshlaydi. Ikki oy mobaynida davlat ta’lim standartlarini baholashga va qayta ko‘rishga yordam beradi. Xususan, ta’lim jarayoniga STEAM dasturini joriy etishda o‘z tajribasidan kelib chiqqan holda maslahat berib boradi.

AQShlik professor Fulbrayt dasturi bo‘yicha Xalq ta’limi vazirligiga maslahatchi etib tayinlandi. Ushbu dastur AQShlik yuqori malakali mutaxassislar va olimlarni tajriba almashish uchun jalb etish imkonini beradi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-04-2019, 13:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 30) ( 0) ( 30) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют