» » “O‘zbekiston havo yo‘llari” Milliy aviakompaniyasi Sky service—2019 Xalqaro forumida taqdirlandi

“O‘zbekiston havo yo‘llari” Milliy aviakompaniyasi Sky service—2019 Xalqaro forumida taqdirlandi


“O‘zbekiston havo yo‘llari” Milliy aviakompaniyasi bortkuzatuvchilari jamoasi Sky service—2019 IV Xalqaro forumining “Savdo— xizmat ko‘rsatish san’ati sifatida” nominatsiyasida birinchi o‘rinni egalladi. Bu haqda “Daryo”ga Milliy aviakompaniya matbuot xizmati xabar berdi.

Indira Iraliyeva, Lyubov Ratushina, Faniya Babikova va Hojiyaxon Tillaxo‘jayeva 24—25-aprel kuni Moskva shahrida o‘tkazilgan nufuzli forumda O‘zbekiston nomidan munosib ishtirok etdi, deyiladi xabarda.

Sky service – havo kemalaridagi servis va xizmatlarni rivojlantirishga bag‘ishlangan xalqaro darajadagi tadbir.

Forum an’anaviy tarzda o‘tkazib kelinadigan bir nechta tadbirni o‘zida jamlaydi: ISPY dasturi bo‘yicha bort kuzatuvchilarni o‘qitish, Sky Delight Awards 2019 reytingida yetakchi aviakompaniyalar shef-oshpazlarining pazandalik musobaqasi hamda ishtirokchilarni Sky Travel Awards 2019 mukofoti bilan taqdirlash.

Ma’lumot uchun, 2018-yilda “O‘zbekiston havo yo‘llari” MAK Sky service—2018 forumining “Yil jamoasi” va “Yilning eng yaxshi bort kuzatuvchisi” nominatsiyalarida g‘olib bo‘lgan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-04-2019, 14:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 106) ( 0) ( 104) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют