» » Qarshi shahridagi 7 ta bozorda IIB ko‘chma tayanch punkti tashkil etildi

Qarshi shahridagi 7 ta bozorda IIB ko‘chma tayanch punkti tashkil etildi


Qarshi shahridagi mavjud 7 ta bozorda jinoyatchilikning oldini olish va jamoatchilik nazoratini kuchaytirish maqsadida shahar IIBning ko‘chma tayanch punkti tashkil etildi. Bu haqda “Daryo”ga Qarshi shahar IIB ma’lum qilmoqda.

Shahar IIB bergan ma’lumotga ko‘ra, bozor hududlariga yaqin masofada joylashgan 7 ta ko‘chma tayanch punktda o‘rnatilgan kuzatuv kameralari orqali tevarak-atrofni doimiy kuzatib borish imkoniyati yaratilgan. Shuningdek, tayanch punktida xodimlarning uzluksiz xizmat olib borishi va aholi bilan yaqin munosabatda bo‘lishi uchun sharoitlar hozirlangan.

— 2019 yilning o‘tgan davri mobaynida Qarshi shahar “Markaziy buyum bozori” va “Oziq-ovqat dehqon bozori” hududida 4 ta huquqbuzarlik holati sodir etilgan bo‘lib, shundan 2 tasi ayollarning o‘g‘rilik jinoyati bo‘lgan, — deydi profilaktika katta inspektori, mayor Qurbon Yo‘ldoshev. — Holat profilaktika inspektorlari tomonidan bozor hududini kuzatuvchi kameralar orqali nazoratga olinib, huquqbuzarlik sodir etganlar voqea joyida qo‘lga olingan. Bundan keyin ayni shu kabi holatlarning oldini olish maqsadida Qarshi shahar hokimligi va IIB rahbariyati tashabbusi bilan shahardagi mavjud bozorlar hududida IIBning tayanch punktlari faoliyati ham yo‘lga qo‘yildi.

Ma’lum bo‘lishicha, shahar hokimligi tashabbusi bilan Qarshi–Shahrisabz yo‘nalishidagi avtomobillar chorrahasida ham IIB tayanch punkti ish boshlagan bo‘lib, ushbu maskanda viloyatning chekka tumanlaridan vaqtincha ish izlab kelgan fuqarolar uchun ham shart-sharoit hozirlangan.

— Qarshi shahar mehnat birjasi xodimlari ham ushbu tayanch punkida viloyatimizning chekka hududlaridan kelgan vaqtincha ish izlovchilarni ro‘yxatga olib, bo‘sh ish o‘rinlari bilan ta’minlashni maqsad qilgan, — deydi Qarshi shahar mehnat birjasi mutaxassisi Vahob Qo‘ldoshev.

Mazkur ishlar davomi sifatida Qarshi shahridagi eng serqatnov “Markaziy buyum bozori” hududidagi katta chorrahada ham daqiqali svetoforlar o‘rnatilib, avtomobillar harakatini tartibga olish ancha osonlashgan.

— Eski shahar chorrahasi eng serqatnov chorraha bo‘lib, avtomobillar harakati har doim tirbandlikni yuzaga keltirgan, — deydi Yo‘l harakati xavfsizligi Qarshi shahar bo‘limi boshlig‘i Ahror Usmonov. — Shu boisdan ham mazkur chorrahada svetofor chiroqlarining almashinuvini ko‘rsatuvchi daqiqali svetofor o‘rnatilib, jamoatchilik xavotiriga chek qo‘yildi.

Eslatib o‘tamiz, bundan avvalroq Xiva shahrida IIB tayanch punktlari faoliyati yo‘lga qo‘yilganligi xabar qilingandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-04-2019, 16:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 96) ( 0) ( 94) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют