» » O‘zbekiston—Tojikiston harbiy razvedkachilari hamkorlikda o‘quv mashg‘ulotlarini o‘tkazdi

O‘zbekiston—Tojikiston harbiy razvedkachilari hamkorlikda o‘quv mashg‘ulotlarini o‘tkazdi


28-aprel kuni Tojikiston mudofaa vazirligining Faxrobod poligonida O‘zbekiston va Tojikiston mudofaa idoralarining razvedka bo‘linmalari harbiy xizmatchilarining to‘rt kunlik harbiy o‘quv mashg‘ulotlari yakunlandi. Bu haqda “ASIA-Plus” xabar berdi.

O‘zbekiston va Tojikiston harbiylari terrorchilik guruhlariga qarshi tun-u kun kurashish bo‘yicha hamkorlik masalalarini ishlab chiqqan.

“O‘quv mashqlari davomida har ikki mamlakatni harbiy xizmatchilari o‘zaro tajriba almashgan, hozirda Markaziy Osiyo davlatlari uchun eng dolzarb masalalardan biri bo‘lgan terrorizm xavfini aniqlash va uni bartaraf etish bo‘yicha hamkorlikda harakat qilish tajribasiga ega bo‘ldi”, — deyiladi xabarda.

Har ikki mamlakatning ofitser va serjantlari birgalikda o‘z malakalarini oshirgan va tog‘ tayyorgarligi, dala sharoitida birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish va boshqa sohalarda o‘z bilimlari bilan bo‘lishgan.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yilning sentabr oyida Tojikiston hududida ilk bor “Jangovar hamdo‘stlik—2018” O‘zbekiston—Tojikiston maxsus bo‘linmalari o‘rtasida qo‘shma mashg‘ulot o‘tkazilgan edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-04-2019, 16:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 110) ( 0) ( 107) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют