» » Prezident Qarshida 1500 tadbirkor faoliyatini to‘xtatganini tanqid qilgandi. Viloyat soliq boshqarmasi boshlig‘i bunga izoh berdi

Prezident Qarshida 1500 tadbirkor faoliyatini to‘xtatganini tanqid qilgandi. Viloyat soliq boshqarmasi boshlig‘i bunga izoh berdi


Prezident Shavkat Mirziyoyev 2019-yilning birinchi choragi yakunlari bo‘yicha Davlat budjetiga tushumlar va eksport prognozlari ijrosi natijadorligi hamda birinchi yarim yillik uchun belgilangan ko‘rsatkichlarning so‘zsiz bajarilishini ta’minlash yuzasidan o‘tkazilgan videoselektorda Qarshi shahrida 2019-yildan boshlab yakka tartibdagi tadbirkorlarga soliq yuki 30 foizga kamaytirilgan bo‘lsa-da, Qarshi shahrida 1500 nafar tadbirkor o‘z faoliyatini tugatganini tanqid qilgandi.

Qashqadaryo viloyat Davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i Ravshanjon Nasimovning viloyat jurnalistlari bilan “Aholining soliq to‘lash madaniyatini yuksaltirishda ommaviy axborot vositalarining o‘rni” mavzusida bo‘lib o‘tgan muloqoti jarayonida shu haqda to‘xtalib o‘tildi.

— 1500 nafar tadbirkorning faoliyati to‘xtatilish jarayonini o‘rganganimizda aslida hisobda bo‘la turib, faoliyat yuritmayotgan nomiga ochib qo‘yilgan tadbirkorlik faoliyatlari borligi ko‘rinib qoldi, — deydi Qashqadaryo viloyat Davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i Ravshanjon Nasimov. — Ya’ni kollej bitiruvchisi bankdan kredit so‘rab borsa, YaTT tashkil qilib kelishi yoki MChJ ochsa kredit berilishi mumkinligi aytilgan va shu taqlid nomiga bo‘lsa-da, tadbirkorlik subyekti tashkil etilgan. Shuning uchun ham tadbirkorlik faoliyatini tugatgan subyektlar soni Qarshi shahrida ko‘p miqdorda ekanligi ko‘rinib qolgan.

Matbuot anjumanida shuningdek, ish haqi bo‘yicha ham soliq to‘lovchilarga berilgan yengilliklar, soliq yukining kamaytirilishi ijobiy natijasini berib, 4410 ta xususiy sektor subyektlari tomonidan qo‘shimcha ravishda 16 503 nafar fuqaro faoliyati qonuniylashtirilgani va natijada o‘tgan yilning mos davriga nisbatan daromad solig‘i hisobiga 103,3 milliard so‘m ko‘p mablag‘ tushishiga erishilgani aytib o‘tildi.

Viloyatda joriy yilning ayni kuniga qadar 7 156 ta soliq solish obyektida va soliq solish bilan bog‘liq obyektlarni aniqlashtirish maqsadida ko‘zdan kechirish hamda so‘rov o‘tkazish natijasida 11 695 ta kamchilik aniqlangan. Shundan 1 933 nafar fuqaro hujjatsiz faoliyat yuritgan ma’lum bo‘lgach, 574 tasi qonuniy ro‘yxatdan o‘tkazilgan.

1425 nafar noqonuniy yollanma ishchilar mavjudligi aniqlanib, 821 tasi rasmiylashtirilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-04-2019, 19:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 80) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют