» » “Portu” “Chelsi”ni mag‘lub etib, yoshlar o‘rtasidagi Chempionlar Ligasi g‘olibiga aylandi

“Portu” “Chelsi”ni mag‘lub etib, yoshlar o‘rtasidagi Chempionlar Ligasi g‘olibiga aylandi


29-aprel, dushanba kuni futbol bo‘yicha yoshlar o‘rtasida Yevropa Chempionlar Ligasining finalida “Portu” U19 jamoasi “Chelsi” U19 klubini 3:1 hisobida mag‘lub etdi va musobaqa chempioni bo‘ldi.

Bu Portugaliya klubi hamda “Portu” jamoasining mazkur musobaqadagi ilk g‘alabasi hisoblanadi. Avvalroq Portugaliyaning boshqa bir jamoasi “Benfika” ikki bor musobaqaning finaligacha yetib kelgandi, biroq ikkalasida ham mag‘lubiyatga uchragandi.

“Barselona” va “Chelsi” 2 martadan, “Zalsburg” esa 1 marota musobaqa chempioniga aylangan. Ma’lumot uchun, musobaqa 2013-yildan buyon o‘tkazilib kelinadi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-04-2019, 17:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 76) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют