» » Ichki ishlar vaziri: O‘zbekistonda jinoyatlar soni 31,6 foizga kamaydi

Ichki ishlar vaziri: O‘zbekistonda jinoyatlar soni 31,6 foizga kamaydi


O‘zbekistonda 2019-yilning uch oyida sodir etilgan jinoyatlar soni o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 3 043 taga yoki 31,6 foizga kamaydi. Bu haqda ichki ishlar vaziri Po‘lat Bobojonov O‘zAga bergan intervyusida ma’lum qildi.

Vazirning so‘zlariga ko‘ra, jinoyatchilikka qarshi kurashish hamda huquqbuzarliklarning oldini olishga qaratilgan yangi tizim joriy etilgan. Ya’ni, har bir hududda sodir etilgan jinoyatlar bo‘yicha kunlik tezkor ma’lumotlarni hokimliklar tomonidan ko‘rib chiqish va ularning barvaqt oldini olish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlarni belgilash uchun taqdim etib borilmoqda.

Shuningdek, Qoraqalpog‘iston Vazirlar Kengashi raisi, viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar (shaharlar) hokimlari har kuni o‘ziga tegishli hududning sutka davomidagi kriminogen vaziyati bilan shaxsan tanishadi va birinchi navbatda hududda sodir etilgan ijtimoiy-maishiy tusdagi jinoyatlarning sabablari va sharoitlarini o‘rganadi hamda ularning salbiy oqibatlariga barham berish borasida ta’sirchan choralarni ko‘rib, mazkur yo‘nalishda shaxsiy nazorat o‘rnatishi yo‘lga qo‘yilgan.

Po‘lat Bobojonovning ta’kidlashicha, respublika hududlari jinoyatchilikni jilovlash bo‘yicha yangicha tizim asosida ichki ishlar vaziri, bosh prokurori va Milliy gvardiya qo‘mondoniga biriktirilib, ular tomonidan kundalik ravishda biriktirilgan hududlarda jamoat xavfsizligini ta‘minlash, bu borada hududiy hokimlik, huquqni muhofaza qiluvchi organlar va jamoatchilikning birgalikdagi harakatlarini muvofiqlashtirish faoliyati yo‘lga qo‘yildi:

Yangi tizim asosida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar natijasida joriy yilning uch oyida respublika hududida sodir etilgan jinoyatlar soni 3 043 taga yoki 31,6 foizga, jinoyat qidiruv yo‘nalishidagi jinoyatlar soni 2 578 taga yoki 40,8 foizga kamayishiga erishilgan. Shuningdek, 9 022 mahalladan 7 038 tasida yoki 78 foizida jinoyat sodir etilishiga yo‘l qo‘yilmagan.

“Shuni alohida ta‘kidlash joizki, jinoyatchilikni jilovlash borasidagi yangi tizimga asosan, endilikda o‘ziga biriktirilgan hududda jinoyatchilik kamaygan, ularning oldini olish va bartaraf etish chora-tadbirlarini o‘z vaqtida ko‘rgan mahalla fuqarolar yig‘ini raislari va faollari, profilaktika (katta) inspektorlari hamda ‘Mahalla posboni’ jamoatchilik tuzilmasining alohida o‘rnak ko‘rsatgan a‘zolari muntazam ravishda moddiy rag‘batlantirib boriladi”, —  deydi Po‘lat Bobojonov.

Qayd etilishicha, joriy yilning uch oyida 4 mingdan ortiq xodim rag‘batlantirildi. Ulardan 3 347 nafarini profilaktika inspektori, 405 nafari mahalla fuqarolar yig‘ini raisi va 101 nafari mahalla faoli, 330 nafarini “Mahalla posboni” jamoatchilik tuzilmasi a‘zosi, 48 nafarini “Fidokor yoshlar” patrullik guruhi a‘zosi va 67 nafarini fuqarolar tashkil etgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-04-2019, 18:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 35) ( 0) ( 33) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют