» » Sho‘r bo‘lib ketgan ovqat, qattiq bo‘lib ketgan xamir va boshqa pazandalik xatolarini tuzatamiz

Sho‘r bo‘lib ketgan ovqat, qattiq bo‘lib ketgan xamir va boshqa pazandalik xatolarini tuzatamiz


Sho‘rvani sho‘r qilib yubordingizmi? Yoki ziravorlarni juda ko‘p solib yubordingizmi? Maqolada pazandalik xatolarini tuzatib, buzilgan taomlar “hayotini saqlab qolish” yo‘llaridan xabar topasiz.

Ovqatning tuzi o‘ta ko‘p bo‘lib, ketsa, ta’mni muvozanatlashtirishga harakat qilish kerak. Masalan, bunday holat salat bilan sodir bo‘lsa, tuzlanmagan masalliqlarni qo‘shish kerak bo‘ladi, shuning hisobiga salatning tuzi kamayadi. Sho‘rvaga esa u nimadan tayyorlanayotganiga qarab, suv, kokos suti yoki qaymoq qo‘shishingiz mumkin. Bundan tashqari, limon suvi, sirka yoki bir qoshiq shakar ham tuz ta’mini kamaytiradi.

Achchiq ta’mni neytrallashtiruvchi eng yaxshi vosita — sut. Qalampirda kapsaitsin bo‘ladi, aynan shu alkaloid achchiq ta’m bilan ta’minlaydi. Sut tarkibidagi kazein esa uning ta’sirini kamaytirishda yordam beradi. Shuningdek, achchiq ta’mni yong‘oq yog‘i ham bostiradi. Ammo uni qo‘shishdan oldin u taomning boshqa masalliqlariga mutanosib ekanligiga ishonch hosil qiling.

Xamir qorishda ba’zan keragidan ortiqcha suyuq yoki qattiq bo‘lib ketishi mumkin. Suyuq xamirga un qo‘shish orqali vaziyatni tuzatish mumkin. Ammo qattiq xamirda bu biroz qiyinroq bo‘ladi: uni biroz miqdordagi sovuq suvni asta-sekinlik bilan qo‘shish orqali o‘zimiz istagan holatga keltirsa bo‘ladi.

Опубликовано: admin (17-03-2017, 09:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 103) ( 0) ( 102) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют