» » Toshkentda sportchi Murod Xonto‘rayevni pichoqlagan shaxslar ustidan sud bo‘lib o‘tmoqda

Toshkentda sportchi Murod Xonto‘rayevni pichoqlagan shaxslar ustidan sud bo‘lib o‘tmoqda


Toshkentda sportchi Murod Xonto‘rayevga pichoq bilan jarohat yetkazganlikda ayblanib, hibsga olingan bir guruh shaxslarga nisbatan sud ishi bo‘lib o‘tmoqda. Bu haqda Oliy sud matbuot xizmati “Daryo”ga xabar berdi.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Shayxontohur tuman sudida sudlanuvchilar I. Abdulahatov,  T. Azizov, S. Akbarov, S. Vadenov, O. Sodiqov, J. Saynazarov va S. Fatxullayevga nisbatan jinoyat ishini ko‘rib chiqish bo‘yicha ochiq sud bo‘lib o‘tmoqda.

Mazkur jinoiy ish jinoyat ishlari bo‘yicha Shayxontohur tuman sudi sudyasi Akmal Ergashev raisligida hamda xalq maslahatchilari B. Muslimov va M. Mirhamidovdan iborat sud tarkibida ko‘rib chiqilmoqda.

Sudlanuvchilar O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 164-moddasi (bosqinchilik) 4-qismi “a”, “v” bandlarida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda ayblanmoqdalar.

12-aprel kuni boshlangan sud jarayoni davomida sudlanuvchilar, jabrlanuvchilar (M. Xonto‘rayev, S. Zunnunov va I. Saidov) va ayrim guvohlarning ko‘rsatmalari tinglandi.

Hozirgi kunda sud tergovi ketayapti. Qolgan guvohlarning ko‘rsatmalari tinglanmoqda.

Sud jarayoni davom etmoqda.

Ma’lumot uchun, MMA jangchisi Murod Xonto‘rayev 2018-yilning 26-noyabr kuni Toshkentdagi “Toshkent savdo markazi” (sobiq “Turkuaz”) yaqinida joylashgan ofisida pichoqlab ketilgan edi. Xonto‘rayevning ofisiga 10 dan ortiq noma’lum shaxslar bostirib kirgan. Sodir bo‘lgan hujum natijasida Murod Xonto‘rayev bilan birga Ikrom Saidov ham tan jarohati olgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-05-2019, 16:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 110) ( 0) ( 108) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют