» » O‘zbekiston Prezidenti Surxondaryodagi zamonaviy tikuvchilik korxonasi va innovatsion ko‘chma kinoteatr loyihasi bilan tanishdi

O‘zbekiston Prezidenti Surxondaryodagi zamonaviy tikuvchilik korxonasi va innovatsion ko‘chma kinoteatr loyihasi bilan tanishdi


O‘zbekiston Prezident Shavkat Mirziyoyev 1-may kuni Termiz shahridagi “ZIF Tekstil” mas’uliyati cheklangan jamiyatiga tashrif buyurdi. Bu haqda O‘zbekiston Prezidentining rasmiy veb-saytida xabar berildi.

Ushbu zamonaviy korxonani barpo etish uchun qurilishi tugallanmagan bino 16 milliard so‘m investitsiya kiritish sharti bilan “nol” qiymatda berilgan edi. Zarur qurilish-ta’mirlash ishlari amalga oshirilib, zamonaviy sexlar, omborxona va ma’muriy xonalar bunyod etildi. Germaniya, Italiya, Turkiyadan tikuvchilik dastgohlari keltirib o‘rnatildi. Mingga yaqin yangi ish o‘rni yaratildi.

Davlat rahbari korxona faoliyati bilan tanishdi, bu yerda ishlab chiqarilgan mahsulotlarni ko‘zdan kechirdi, mutaxassis va tikuvchilar bilan suhbatlashdi.

O‘zbekiston Prezidenti bu kabi zamonaviy korxonalarni ko‘paytirish, mahsulotni eksport qilish zarurligini qayd etdi.

Korxona joriy yilda 29 million dollardan ziyod qiymatdagi bolalar va kattalar kiyimlari, jinsi shim ishlab chiqarib, 8,8 million dollarlik mahsulotlarni eksport qilishni rejalashtirgan. 2021-yilda korxonaning yillik quvvati qariyb 50 million dollarga yetkazilib, 34,7 million dollarlik eksport mo‘ljallanmoqda.

Shu yerda “Janub textile” MChJning ip-kalavadan tayyor mahsulot ishlab chiqarish klasteri hamda O‘zbekiston—Hindiston qo‘shma korxonasini tashkil etish, Termiz tumanidagi Sulton Saodat ziyoratgohini ta’mirlash va obodonlashtirish, mamlakatning Avstriya, Tojikiston va Afg‘onistondagi diplomatik vakolatxonalari ko‘magida investitsiya loyihalarini amalga oshirishga oid taqdimotlar o‘tkazildi.

Shu yerda “Kinomobil” – O‘zbekistondagi birinchi innovatsion kinoteatr loyihasi taqdimoti o‘tkazildi. Uning tashabbuskori “Cinema Servis” MChJ bo‘lib, loyiha Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki bilan hamkorlikda amalga oshirilmoqda.

Ko‘chma kinoteatr MAN avtomobili negizida ishlab chiqilgan, isitish va ventilyatsiya tizimi bilan jihozlangan. Tomoshabinlar filmlarni Dolby 5+1 tovush tizimi bilan 2D va 3D formatlarida tomosha qilishi mumkin. Mobil kinoteatr 30 daqiqa ichida ishga tushadi hamda 80 kishiga xizmat ko‘rsatish imkoniyatiga ega bo‘ladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-05-2019, 18:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 33) ( 0) ( 31) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют