» » O‘zbekiston va Koreya Respublikasi bosh prokurorlari uchrashuv o‘tkazdi

O‘zbekiston va Koreya Respublikasi bosh prokurorlari uchrashuv o‘tkazdi


O‘zbekiston Bosh prokurori Koreya Respublikasi Bosh prokurori Mun Mu-il boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi. Bu haqda O‘zbekiston Bosh prokuraturasi xabar qildi.

Uchrashuv davomida mehmonlarga prokuratura organlarida bo‘layotgan asosiy yangilanish jarayoni haqida ma’lumot berildi.

Uchrashuv ishtirokchilari tomonidan ikki davlat bosh prokuraturalari o‘rtasidagi hamkorlik professional aloqalarni yo‘lga qo‘yish va shartnomaviy-huquqiy bazasini kengaytirish orqali izchillik bilan rivojlanayotganligi ta’kidlandi.

Hamkorlar o‘zaro manfaatli bo‘lgan keng qamrovli masalalarni muhokama qildi va idoralararo hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari bo‘yicha fikr almashdi.

Koreya delegatsiyasining tashrifi shakllangan sermahsul aloqalarni yanada kengaytirish va mustahkamlash yo‘lida muhim qadam ekanligi alohida qayd etildi.

Uchrashuv yakunida janob Mun O‘zbekiston Bosh prokuroriga samimiy qabul uchun minnatdorchilik bildirib, o‘zaro manfaatli idoralararo hamkorlikni yanada rivojlantirishga tayyorligini bildirdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-05-2019, 20:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 82) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют