» » O‘zbekistonda bojxona xodimining mol-mulkiga yetkazilgan zararni qoplash tartibi belgilandi

O‘zbekistonda bojxona xodimining mol-mulkiga yetkazilgan zararni qoplash tartibi belgilandi


Hukumat qarori (364-son) bilan O‘zbekiston davlat bojxona xizmati organi xodimining yoki uning yaqin qarindoshlarining mol-mulkiga xizmat majburiyatlarini bajarishi bilan bog‘liq holda yetkazilgan zararning o‘rnini qoplash tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi. Bu haqda Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” Telegram-kanali xabar berdi.

Nizomga muvofiq, bojxona organlarida xodimining yoki uning yaqin qarindoshlari mol-mulkiga yetkazilgan zarar o‘rnini qoplash masalasini o‘rganish uchun doimiy komissiyalar tuziladi.

Zararni qoplash bo‘yicha hujjatlarni yig‘ish va rasmiylashtirish bojxona organlarining Kadrlar boshqarmasi va bo‘limlari tomonidan amalga oshiriladi.

Zararni qoplash uchun xodim yoki uning yaqin qarindoshi bojxona organi rahbariga bildirgi (ariza) bilan murojaat qiladi.

Bildirgi berilganidan keyin 3 kunda kadrlar xizmati komissiyaga tegishli hujjatlarni taqdim etadi.

Komissiya 15 kunda hujjatlarni ko‘rib chiqadi va zararni to‘lash yoki rad etish haqida asosli qaror qabul qiladi. Qaror 3 kunda manfaatdor shaxslarga yuboriladi.

Qaror qabul qilinganidan so‘ng 10 kunda zararning o‘rni qoplab berilishi lozim.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-05-2019, 21:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 31) ( 0) ( 29) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют