» » AQSh Zelenskiyni ogohlantirdi: “U xalqini o‘ziga qarshi qilib qo‘yishi mumkin”

AQSh Zelenskiyni ogohlantirdi: “U xalqini o‘ziga qarshi qilib qo‘yishi mumkin”


Donbasdagi mojaroni Ukraina hududining qismidan Rossiyaning foydasiga voz kechish yo‘li bilan hal qilish prezident Vladimir Zelenskiyga fuqarolarning munosabati keskin yomonlashishiga olib keladi, deya fikr bildirdi AQSh Davlat departamentining maxsus vakili Kurt Volker. Bu haqda Valasz Online xabar berdi.

“U aslida teskarisini aytgan edi. U Ukrainaning hududiy birligi va suverenitetini to‘liq tiklashini aytgan edi. Va u allqachon boshlangan jarayonni qo‘llab-quvvatlamoqda. Ammo buni aksini qiladigan bo‘lsa, u xalqini o‘ziga qarshi qilib qo‘yadi”, — deb ogohlantirdi Volker.

Oq uy elchisining fikriga ko‘ra, mojaroni hal qilishning eng yaxshi usuli — bu BMTning tinchlik missiyasini Donbassga joriy qilish bo‘yicha taklifni ishlab chiqish va Kiyev tomonidan amalga oshirilayotgan islohotlarni davom ettirishdir.

“Sharqda urushni tugatish jarayoni samarali bo‘lishiga umid qilamiz. Rossiyaning qo‘lidan tinchlik o‘rnatish keladi, ammo Rossiya bunday qiladimi, yo‘qmi, baribir biz Ukrainaga muvaffaqiyatli va kuchli davlat bo‘lishiga yordam berishimiz kerak”, — deydi amerikalik diplomat.

Zelenskiy saylovlarning ikkinchi turida g‘alaba qozongach, uning asosiy maqsadlaridan biri Donbasdagi mojaroni tugatish ekanini aytgan edi. Buning uchun siyosatchi jurnalistlar va blogerlar bilan birgalikda axborot urushini tashkil qilishni rejalashtirmoqda. Shu bilan birga, uning jamoasi ziddiyatni Rossiya bilan kelishuvga erishish orqali bartaraf etish mumkin, biroq bu variantni Kiyev uchun qabul qilib bo‘lmaydi, deb hisoblaydi.

Rossiya hukumati Zelenskiy saylovlarda g‘alaba qozonganidan so‘ng, u bilan Minsk kelishuvlari va 2014-yil aprel oyidan beri davom etayotgan Donbasdagi mojaroni hal qilish masalalarini muhokama qilish istagini bildirdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-05-2019, 23:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 25) ( 0) ( 24) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют