» » Fargonada ogay onasini oldirgan yigit 17 yilga qamaldi

Fargonada ogay onasini oldirgan yigit 17 yilga qamaldi


Fargonada ogay onasini pichoqlab oldirgan shaxsga sud hukmi oqilib, 17 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Bu haqda OzA xabar berdi.

17 yoshga tolgan Nurullo Mamasidiqov onasi vafot etib, singlisi bilan yetim qolganlaridan song otasi Sahobiddin Ziyayev 2009-yilda F.Ziyayevaga shariy nikoh bilan uylandi. Nurullo oilaga yordam berish, rozgorga baraka kiritish maqsadida ishlash uchun Rossiyaga ketdi. U yerdan kelib-ketib yurib, 7 yil ishlab qoydi. Ishlab topib, uyiga yuborgan barcha pullari ogay onasining saqlovida boldi. Er-xotin S.Ziyayev va F.Ziyayevalar rasman nikohdan ham otib olishdi.

Nurullo qishloqqa qaytib kelgan kezlari qassobchilik bilan shugullanardi. Ichmaydigan, chekmaydigan bu yigitni hamma hurmat qilardi. 2017-yil avgust oyida Nurullo uylandi va Rossiyaga borib ishlashni butkul bas qildi. Bundan buyogiga tinchgina qassobchilik kasbi bilan shugullanishni boshlab yubordi. Ammo otasi Sahobiddin aka ogli Nurulloning Rossiyada ishlab topgan va ogay onasining saqlovida bolgan pullari borligidan xabar topgach, oilada ozaro kelishmovchilik, janjallar boshlandi. 2018-yil fevral oyida F.Ziyayeva otasining uyiga arazlab ketib qoldi. Er-xotinning janjallariga mahalla-koy aralashdi, ikkala tomonni yarashuvga chaqirishdi. Ammo gisht qolipdan kochgandek edi.

Shunday kunlarni birida kutilmaganda F.Ziyayeva fuqarolik ishlari boyicha Rishton tumanlararo sudiga davo ariza bilan murojaat qilib, eri bilan yashab kelgan umumiy mulk hisoblangan uyni asl holicha bolib berishni talab qildi. Sudning hal qiluv qaroriga asosan uning davo talabi qanoatlantirilib, uy-joy ikkiga bolinib, xonadonning Nurullo Mamasidiqov oilasi bilan yashab kelayotgan qismi F.Ziyayevaga berilishi belgilandi.

Ushbu voqeadan song oiladagi kelishmovchiliklar yanada taranglashdi. Bu orada ogay ona kasal bolib qolib, shifoxonaga tushib qoldi va operatsiya bolib, otasini uyiga qaytib keldi. Otasini uyidagi ozaro maslahatdan song F.Ziyayeva erining uyiga borib yashash istagini bildirdi. U uyiga qaytib kelgach, janjal yanada kuchayib, nihoyat ogay ona hovlidagi bitta xonaga kiritildi. S.Ziyayev endi xotini bilan yarashish harakatiga tushib qoldi.

Ogay onasi bilan otasini yarashishiga ogil Nurullo ham tarafdor bola boshladi. Chunki ogay ona tinimsiz Nurullo Rossiyada ishlab topgan pullari evaziga qurib bitkazilgan, xotini va bir nafar farzandi bilan yashayotgan uyni berishlarini talab qilayotgandi. Bunday talab birinchi galda Nurulloga yoqmayotgan bolsada, murosai-madora qilish istagida ogay onasidan otasiga qoshilib hovlidagi uylarning eski qurilgan tarafini olishini sorab, iltimos qilishlar boshlandi.

Nihoyat bu ishga mahalla faollari ham aralashdi. Mahalla oqsoqoli boshchiligida bu xonadonga kelganlar F.Ziyayevadan hovlidagi eski qurilgan uylarni olishini, bunga rozi bolishi lozimligini sorashdi. Ammo ogay ona faqat Nurullo oilasi bilan yashayotgan yangi qurilgan qismini olishini bildirib, qaysarlik qilib turib oldi. Nurullo ham otasi bilan birgalikda uyning eski qurilgan qismini berishga rozi ekanliklarini bildirdi. F.Ziyayeva oxiri bu masalada advokati bilan maslahatlashib olishi lozimligini bildirib, faollarni hovlidan chiqarib yubordi. Ertasi kuni yana hovliga kirib kelgan faollarga qarata u faqat uylarning yangi qurilgan qismini olishi mumkinligini, eski qismi kerak emasligini bildirib, oxirgi sozini aytdi-qoydi.

Mashum voqea roy bergan kuni Nurullo uyda ogay onasi bilan qolgandi. Chet elda qiyinchilik bilan topgan pullari evaziga qurilgan uyi ogay onasiga otib ketayotgani unga alam qilardi. Oz sozida qatiy turib olgan ogay onasining esa dahanaki gap talashish paytida aytgan gaplari uni yanada junbushga keltirdi. Nurullo qoliga otkir pichoqni olib, ogay onasiga urib, uning qotiliga aylandi.

Jinoyat ishlari boyicha Fargona viloyat sudida bolib otgan ochiq sud majlisida ogay onasini oldirgan sudlanuvchi Nurullo Mamasidiqovning jinoiy ishi korib chiqildi va u 17 yil ozodlikdan mahrum etish bilan jazolandi.



Manba: Daryo.uz
: admin (2-05-2019, 08:44)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 31) ( 0) ( 30) ( 1)
:
-
:
:
20 ... -