» » Nukusda ikki pasport bilan ikki joydan pensiya olayotgan fuqaro aniqlandi

Nukusda ikki pasport bilan ikki joydan pensiya olayotgan fuqaro aniqlandi


Qoraqalpog‘istonda ikkita pasport bilan ikki joydan pensiya olayotgan fuqaro aniqlandi, deb xabar bermoqda O‘zA O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi matbuot xizmatiga tayanib. Bu holat masofadan o‘tkazilayotgan o‘rganishlar natijasida aniqlangan.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus shahrida yashovchi fuqaro T.Ye.ga ilk bor 1994-yil 18-martdagi nogironlik pensiya tayinlashni so‘rab yozgan arizasi va tibbiy-mehnat ekspertiza komissiyasi tomonidan berilgan nogironlik ma’lumotnomasiga asosan Nukus shahar sobiq Ijtimoiy ta’minot bo‘limi tomonidan 2-guruh nogironlik pensiyasi tayinlangan va 2018-yil 30-noyabriga qadar to‘lov amalga oshirib kelingan.

Mazkur holatlarni o‘rganish jarayonida fuqaro T.Ye.ning ikkita fuqarolik pasporti mavjudligi natijasida ikki joydan pensiya olib kelgani ma’lum bo‘lgan.

Jumladan, Nukus shahar sobiq Ijtimoiy ta’minot bo‘limi tomonidan nogironlik pensiyasi tayinlangan bo‘lsa-da, 2004-yil 27-mayda Nukus tumani hududiga doimiy yashash uchun ro‘yxatga olingan yangi pasporti (ikkinchi pasport) va 2004-yil 23-iyunda tibbiy-mehnat ekspertiza komissiyasi tomonidan berilgan nogironlik ma’lumotnomasi hamda boshqa hududdan pensiya olishi to‘g‘risida ma’lum qilmagan. Oqibatda Nukus tuman sobiq Ijtimoiy ta’minot bo‘limiga yozgan arizasiga asosan pensiya tayinlanib, 2009-yil 30-sentabrga qadar noto‘g‘ri to‘lovlar amalga oshirilgan.

Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasining “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi qonuniga muvofiq, davlat pensiyalarining bir necha xillarini olish huquqiga ega bo‘lgan fuqarolarga ularning o‘zlari tanlagan bitta pensiya tayinlanadi.

Fuqaro T.Ye.ga ikkita pasport bilan ikkita hudud orqali to‘lanishi oqibatida jami 14,3 million so‘m ortiqcha to‘lov sarflangani aniqlandi.

Mazkur holat yuzasidan huquqiy baho berish uchun materiallar huquqni muhofaza qilish idorasiga o‘tkazilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-05-2019, 17:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 68) ( 0) ( 66) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют