» » Toshkentda ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarga yangi uylardagi 55 ta xonadon topshirildi (video)

Toshkentda ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarga yangi uylardagi 55 ta xonadon topshirildi (video)


Ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarga Toshkent shahar Yunusobod tumani “Ahilobod” va “Yangi bog‘” mahallalarida qurilgan yangi uylarning kaliti tantanali ravishda topshirildi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Ushbu zamonaviy uylardagi 55 ta xonadon kalitlarining 28 tasi imkoniyati cheklangan fuqarolarga, 8 tasi og‘ir turmush sharoitida yashayotgan fuqarolarga, 21 tasi bolalar uyida tarbiyalangan fuqarolarga berildi.

Tadbirda Xitoy Xalq Respublikasi Adliya vaziri, Toshkent shahar hokimining o‘rinbosari va bir qator boshqa mansabdor shaxslar ishtirok etdi.

Uy-joy bilan ta’minlashdan tashqari, ko‘plab fuqarolar ish bilan ham ta’minlandi. Shunday qilib, zamonaviy uyning yerto‘lasida tikuv sexi barpo etildi. Fuqaro Alena Areshkina nafaqat o‘zining yangi uyida yashaydi, balki tikuvchi bo‘lib ham ishlaydi.

Uylarda va ularning hovlisida bolalar bilan o‘ynash, sport bilan shug‘ullanish va kitob o‘qish uchun zarur sharoitlar yaratilgan.

Eng muhimi, har bir uy fuqarolar uchun qulay va har bir fuqaro o‘zining xonadonidan mamnun.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-05-2019, 21:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 79) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют