» » Mudofaa vazirligi harbiy xizmatchilari urush faxriylari xonadoniga tashrif buyurdi

Mudofaa vazirligi harbiy xizmatchilari urush faxriylari xonadoniga tashrif buyurdi


Mudofaa vazirligining bir guruh harbiy xizmatchilari, mahalla fuqarolar yig‘ini faollari hamda o‘quvchi yoshlar Toshkent shahri Mirzo Ulug‘bek tumanida istiqomat qilayotgan Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari Tagir Salaxutdinov, Nikolay Denisinko va Ivan Balabay xonadonlariga tashrif buyurdi. Bu haqda “Daryo”ga Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Tashrif davomida ularning holidan xabar olindi, uzoq va mazmunli suhbatlar uyushtirildi. O‘zbekiston Prezidentining nomidan urush faxriylarining har biriga biryo‘la to‘lanadigan 7,5 million so‘m miqdorida pul mukofoti va esdalik sovg‘alari topshirildi.

Eslatib o‘tamiz, davlat rahbari 2019-yil 23-aprel kuni “Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini rag‘batlantirish to‘g‘risida”gi farmonni imzolagan edi.

Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari – XX asrning eng mudhish yillarida insoniyat boshiga tushgan og‘ir musibatni o‘z ko‘zi bilan ko‘rib, fashizm ustidan qozonilgan g‘alabaga hissa qo‘shgan qomusiy insonlardir.

“1942-yilda urushga safarbar etildim. Uchta mamlakatning fashistlar qo‘lidan ozod etilishi yo‘lida kechgan janglarda ishtirok etdim. Hozir u kunlarni eslasam, yuragim orqaga tortib ketadi. Sizlar baxtli insonsizlar. Shunday nurafshon zamonda, tinch va farovon hayot kechirmoqdasiz. Sizlarga havasim keladi”, – deydi faxriy otaxon Tagir Salaxutdinov.

Urush faxriylari boshidan kechirgan qonli voqealarni so‘zlab berarkan, yoshlar qalbida ro‘shnolik zamoniga shukronalik, Vatanga muhabbat va harbiy-vatanparvarlik tuyg‘ulari jo‘sh urgani shubhasiz.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-05-2019, 22:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 78) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют