» » O‘zbekiston Moliya vazirligiga kelib tushgan murojaatlarning 60 foizida pensiya miqdorini oshirish so‘ralgan

O‘zbekiston Moliya vazirligiga kelib tushgan murojaatlarning 60 foizida pensiya miqdorini oshirish so‘ralgan


Moliya vazirligiga kelib tushgan murojaatlarda pensiya ta’minoti bilan bog‘liq muammolar ko‘p kuzatilmoqda. Bu haqda Moliya vazirligi huzuridagi Budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi matbuot xizmati ma’lumotlariga tayanib, O‘zA xabar qiladi.

Xususan, Pensiya jamg‘armasi ijro etuvchi apparati, hududiy bo‘limlariga jismoniy va yuridik shaxslardan pensiya ta’minotiga oid masalalar yuzasidan ko‘plab murojaatlar kelib tushmoqda.

Pensiya jamg‘armasiga joriy yilning yanvar-mart oylari davomida jami 9 ming 312 ta murojaat qabul qilindi. Ularning 1 ming 866 tasi yozma, 3 ming 673 tasi og‘zaki va 3 ming 773 tasi elektron shaklda bo‘lgan.

Bu murojaatlarning 5 ming 546 tasi (60 foizi) pensiya miqdori kamligi, uni oshirib berish masalasida kelib tushgan. Bundan tashqari, pensiya (nafaqa) tayinlash 1 ming 104 ta (12 foiz), pensiya tayinlashda ish staji hisobga olinmagani 806 ta (9 foiz), imtiyozli pensiya tayinlash 390 ta (4 foiz), pensiya va nafaqalar to‘lovi 478 ta (5 foiz) va boshqa masalalarga oid 802 ta (8 foiz) murojaat kelib tushgan.

Ariza va shikoyatlar o‘z vaqtida hamda sifatli ijro etilishi mutaxassislar tomonidan nazoratga olingan. Natijada, murojaatlarning 9 ming 165 tasi bo‘yicha tegishli tushuntirishlar berildi, 72 tasi bo‘yicha choralar ko‘rildi. Ko‘rib chiqilmasdan qoldirilgan hamda anonim deb topilgan murojaatlar 32 tani tashkil qildi, 43 murojaat esa ko‘rib chiqilmoqda.

Pensiya jamg‘armasi “Ishonch telefoni” – 1140 (Call-center) yo‘lga qo‘yilishi jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini tezkorlik bilan qabul qilish imkonini bermoqda. Natijada 2019-yil 3 oy davomida Call-center orqali 216 nafardan ortiq fuqaroning murojaatlariga javob berilgan.

Muxtasar aytganda, Jamg‘armaga hamda uning hududiy boshqarmalariga kelib tushgan murojaatlarni o‘rganib chiqish, ularni chuqur tahlil qilish asosida pensiya ta’minoti tizimida fuqarolar uchun qulay shart-sharoit yaratish, mavjud nuqsonlarni bartaraf etish bo‘yicha qonunchilik normalariga tegishli o‘zgartirishlar kiritish ko‘zda tutilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-05-2019, 06:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 48) ( 0) ( 46) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют