» » Nelson Mandela tomonidan chizilgan surat AQShda 112 ming dollarga sotildi

Nelson Mandela tomonidan chizilgan surat AQShda 112 ming dollarga sotildi


Janubiy Afrika respublikasining sobiq prezidenti Nelson Mandela tomonidan chizilgan Robben orolidagi qamoqxona kamerasining eshigi surati Nyu-Yorkdagi Bonhams kimoshdi savdo uyida 112 ming dollarga sotildi, deb xabar beradi “RIA Novosti”.

“Otam prezidentlikdan nafaqaga ketgach, nima bilan shug‘ullanishni bilmay qoldi. O‘ylashimcha, rassomchilik bilan shug‘ullanish otamga o‘zini ifoda etish yoki butun hayoti davomida sodir bo‘lgan hodisalarga ko‘nikish uchun harakat bo‘lsa kerak”, — deydi Mandelaning qizi. Nelson Mandeladan jami 22 ta kartina meros bo‘lib qolgan.

Ma’lum qilinishicha, Mandela tasvirlangan kameraga dunyoning turli mamlakatlari rahbarlari, jumladan, AQSh sobiq prezidentlari Barak Obama va Bill Klinton tashrif buyurgan.

Nelson Mandela Robben orolidagi qamoqxonada 18 yil o‘tirgan (1964—1982 y.y).



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-05-2019, 10:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 83) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют