» » O‘zbekistonning 1 millionga yaqin fuqarolari ishlash uchun BAAga yuborilishi mumkin

O‘zbekistonning 1 millionga yaqin fuqarolari ishlash uchun BAAga yuborilishi mumkin


O‘zbekiston va Birlashgan Arab Amirliklari mehnat resurslari sohasida hamkorlik qilish bo‘yicha kelishuvga erishdi. Kelishuv doirasida BAAga vaqtinchalik ish bilan ta’minlanish uchun O‘zbekistonning 1 million nafarga yaqin fuqarolarini yuborish rejalashtirilgan. Bu haqda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi matbuot xizmatiga tayanib, Spot xabar beradi.

Chet elda ishlash uchun ko‘plab odamlarni yuborishni tashkil etish uchun bir qator tadbirlar ko‘zda tutilgan. Xususan:

— mehnat migrantlarini uyushgan holda jalb qilish dasturlarini amalga oshirishda BAA tajribasini joriy etish;

— BAAda talab qilinadigan soha va malaka darajasi bo’yicha ajratilgan chet el mehnatkashlari mutaxassisliklari reestrini ishlab chiqish.

Bundan tashqari, 2020-yil oxiriga qadar O‘zbekistondan BAAda mehnatga jalb qilish mexanizmini joriy etish, shu jumladan, ish beruvchilar talablariga javob beradigan talabgorlarni tanlash, qisqa muddatli til va kasbiy tayyorgarlik bo‘yicha kurslarni (shu jumladan, DXSh formatida) tashkil etish rejalashtirilmoqda.

Hamkorlik to‘g‘risidagi bitimlarni tuzish maqsadida, BAA ish beruvchilari va ishga qabul qilish agentliklari va O‘zbekistonning xususiy ish bilan ta’minlash agentliklari ishtirokida B2B formatida tadbirlar o‘tkazish rejalashtirilgan.

Birlashgan Arab Amirliklariga har yili o‘rtacha 42?44 ming fuqaro, ulardan 4,2 mingtasi ishlash maqsadida ketadi. Bu mamlakatdan pul o‘tkazmalari miqdori 35 million dollarni tashkil etadi, oylik pul o‘tkazmalari miqdori esa o‘rtacha 700 dollarni tashkil etadi. Taqqoslash uchun: Rossiyadagi mehnat migrantlari o‘rtacha 400 dollardan kamroq pul jo‘natadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-05-2019, 20:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 94) ( 0) ( 91) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют