» » Urgutdagi mashhur ming yillik chinorlar ayovsiz kesilyaptimi?

Urgutdagi mashhur ming yillik chinorlar ayovsiz kesilyaptimi?


Bundan ikki kun oldin Facebook ijtimoiy tarmogidagi bir guruhda tarmoq foydalanuvchilaridan biri tomonidan Urgutdagi Chorchinor ziyoratgohida ming yillik chinorlarni ayovsiz kesib tashlashyapti deb post qoyildi va postga bir surat ham ilova qilindi.Daryo kolumnisti Gayrat Yoldosh ushbu masalaga aniqlik kiritish uchun mashhur ziyoratgohdagi vaziyatni organdi.

Men osha post haqida kecha xabar topdim va hayron boldim. Sababi, oxirgi on kun ichida Chorchinor ziyoratgohiga uch marta chiqdim. U yerdagi keng kolamli tamirlash ishlari olib borilayotgani guvohi boldim. Ammo kesilgan chinorga yoki chinorlarga kozim tushmagan edi. Kecha Facebookdagi osha xabardan keyin balk men oxirgi marta borganimdan keyin kesishganmikin? degan gumon bilan tushdan keyin yana ziyoratgohga chiqib bordim.

Yoq, hammasi joyida turibdi. Chinorlarni avval qanday korgan bolsam, hammasi kokka boy chozib, oshanday holida turibdi. Quruvchilar, ishchilar oz yumushlari bilan band. Shu orinda ziyoratgohda qanday qurilishlar bolyapti? degan savol tugilishi mumkin. Ziyoratgohning ichida XX asr boshida tiklangan Shayx Muhiddinxon nomli masjid ham bor.

Masjid bugungi kunda ham faoliyat yuritadi. Unda besh mahal namoz va juma namozlari oqiladi. Masjid tahoratxonasi ziyoratgohning bir chetida, kocha yoqasida, sanitariya talablariga umuman javob bermaydigan holatda edi va ziyoratgohga kelayotgan ziyoratchilar uchun ham, masjidga ibodatga kelayotganlar uchun ham noqulaylik tugdirayotgandi.

Bugun osha eski tahoratxona buzib tashlanib, orniga zamonaviy tahoratxona qurilyapti. Ziyoratgohni orab turgan devor va panjaralar yangilanyapti. Shuningdek, 12 oringa moljallanganikki qavatli mehmonxona qurilyapti.Ikki qavatli yana bir binoda majlislar zali, kutubxona, esdaliklar dokoni orin oladi.

Bu ishlarning hammasi ziyoratgohning bir chetida, oldin pastqam va tartibsiz qilib qurilgan binolar buzilib, oshalarning ornida tiklanyapti. Aslo chinorlarni kesib emas.

Ziyoratgohni obodonlashtirish ishlari, qurilayotgan turli binolar ziyoratgohdagi ming yillik chinorlarga umuman zarar yetkazmaydi. Sababi, ular ziyoratgoh hududida shu paytgacha yaroqsiz holda bolgan panjara va devorlarni, eski binolarni buzib, orniga yangilarini tiklayapti.

Bu ishlar uchun ziyoratgoh hududidan bir qarich ham joy olinayotgani yoq. Shuningdek, bu yerda ishlayotgan quruvchilar va ishchilarga ushbu ziyoratgohdagi har bir daraxt tarixiy ahamiyatga ega va qimmatli ekani tushuntirilgan. Shu tufayli quruvchilar va ishchilar nihoyatda ehtiyot bolib ishlayapti.

Ziyoratgohni aylanib kesilgan bironta kesilgan daraxtni topa olmay, shu orinda eslatib ketaman, ziyoratgohni har bir burchagiga diqqat bilan qarab chiqdim, song ushbu ziyoratgoh ichida joylashgan Shayx Muhiddinxon jome masjidi imom xatibi Nodir Tursunov bilan biroz suhbatlashdim.

Nodir Tursunovning sozlariga kora, ziyoratgohdagi tamirlash ishlari boshlangandan beri u masjid xodimlari bilan birgalikda quruvchilar va ishchilarga ehtiyotkorlik bilan ishlash haqida maslahatlar berib, holatni doimiy nazorat qilib turibdi.

Shuningdek, imom domla Facebookda tarqatilgan osha xabardan qattiq xafa bolganini bildirdi va yolgonchilik insondagi salbiy illatlar orasida eng yomoni ekanini, shu uchun ham Paygambarimiz s.a.v. Yolgonchi mening ummatim emas deb yolgonchilarni ham, yolgonni ham xushlamaganlarini takidlab aytganlarini eslatdi.

Shundan song quruvchilarga boshchilik qilayotgan Shuhrat Dostmurodov bilan suhbatlashdim.

Uning sozlariga kora, qurilishda ishlayotgan quruvchilar ham, oddiy ishchilar ham ushbu ziyoratgoh va undagi ming yillik chinorlarning ahamiyatini yaxshi biladi.

Shu uchun ham qilinayotgan ishlar bu yerdagi ming yillik chinorlarga va boshqa daraxtlarga nihoyatda ehtiyotkorlik bilan munosabatda bolib bajarilyapti. Qurilish rahbaridan ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan rasm haqida soraganimda u aslida chinorlardan birining kichik shoxi sinib, osilib qolgani va ziyoratchilarga xalaqit berayotgani tufayli tuman ekologiya va tabiatni muhofaza qilish bolimi ruxsati bilan kesib olinganini va bu ishni notogri talqin qilinishi esa har xil gap-sozlar urchishiga, asossiz mish-mishlar tarqalishiga sabab bolganini aytdi.

Shundan song ziyoratgohning yuqori qismida joylashgan buloqqa borib, undan qaynab chiqayotgan madanlarga boy suvdan toyib ichdim va kokka boy chozib turgan chinorlarni fotoga muhrlab, bu joyga qurilish va tamirlash ishlari tugaganidan keyin yana qayta kelishni niyat qilib ortga qaytdim.

Ushbu ziyoratgohni va undagi ming yillik chinorlarni, yoshi yuz yoshga yetgan masjidni kormoqchi, madanlarga boy buloq suvidan ichmoqchi bolganlar, bemalol tashrif buyuraveringlar. Ana shunda hammasiga ozingiz amin bolasiz.

P.S.: Ziyoratgohga har kuni 300-400 nafar ziyoratchi kelib ketadi. Ularning asosiy qismi xorijliklardir. Kecha men ziyoratgohga borganimda ham bir guruh xorijlik sayyohlar ziyoratgohni aylanib tomosha qilib yurgan edi.



Manba: Daryo.uz
: admin (4-05-2019, 13:29)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 27) ( 0) ( 27) ( 0)
:
-
:
:
-
20 ... -