» » Amerikalik erkak 50 yil oldin sodir etilgan qotillikga gumonlanib, hibsga olindi

Amerikalik erkak 50 yil oldin sodir etilgan qotillikga gumonlanib, hibsga olindi


Florida shtati huquq-tartibot idoralari bundan salkam 50 yil oldin sodir etilgan qotillik gumonlanuvchisini qo‘lga oldi. Bu haqda News&Observer gazetasiga tayanib, “RIA Novosti” xabar berdi.

Jinoyat 1972-yilning dekabrida Shimoliy Karolina shtatida sodir bo‘lgan. 33 yoshli ayol qo‘lida chaqalog‘i bilan to‘ng‘ich farzandini maktabdan olib kelish uchun uyidan chiqib, qaytib kelmagan. Uzoq qidiruvlardan so‘ng, Bonni Neyrobsning jasadi Benson shahri yaqinidagi ishchi muhojirlar uyidan topilgan. Yonida esa chaqalog‘i tirik yotgan.

Ta’kidlanishicha, Jonston okrugi sherifi Stiv Bizzell ushbu qotillik ishi bo‘yicha 2007-yilda jinoyat ishini ochgan. 2019-yilning 29-aprel kuni Floridada 65 yoshli Larri Jo Skott hibsga olingan. U odam o‘g‘irlash va qotillikda ayblanmoqda. Keyinroq Skott Shimoliy Karolinaga ekstradatsiya qilinadi.

Qotil va qurbon o‘rtasidagi bog‘liqlik hozircha o‘rnatilgani yo‘q. Jinoyat sabablari ham ayni vaqtda noma’lum. Skottning hibsga olinishiga yangi texnologiyalar asosida amalga oshirilgan DNK testi sabab bo‘lgan. Okrug sherifining so‘zlariga qaraganda, hozirda yakuniy testlar o‘tkazilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-05-2019, 16:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 68) ( 0) ( 67) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют