» » Bundesliga. “Bavariya” g‘alaba qozonib, chempionlikka yaqinlashdi (video)

Bundesliga. “Bavariya” g‘alaba qozonib, chempionlikka yaqinlashdi (video)


4-may, shanba kuni futbol bo‘yicha Germaniya Bundesligasining 32-turi doirasida 4 ta uchrashuv yakunlandi.

Musobaqa jadvalida yetakchilik qilayotgan Myunxenning “Bavariya” klubi o‘z maydonida “Hannover”ni sinovdan o‘tkazdi.

Uchrashuvning 27-daqiqasida myunxenliklar hujumchisi Robert Levandovski hisobni ochgan bo‘lsa, 40-daqiqaga kelib yarim himoyachi Leon Goretska hisobni 2:0 ko‘rinishiga olib keldi. 51-daqiqada esa mehmon jamoa a’zosi Jonatans Sven Ulrayx darvozasiga penaltidan gol urdi (2:1). Uchrashuv yakunlanishiga 6 daqiqa qolganda fransiyalik Frank Riberi jamoasining 3-goliga mualliflik qildi (3:1).

Shu tariqa “Bavariya” o‘z maydonida “Hannover”ni mag‘lubiyatga uchratib, muhim 3 ochkoga ega bo‘ldi.

Mazkur g‘alabadan so‘ng “qizillar” ochkolari sonini 74 taga yetkazib oldi va musobaqa jadvalidagi yetakchiligini mustahkamlab oldi. Undan bir pog‘ona ortda borayotgan “Borussiya Dortmund” hisobida esa 69 ochko mavjud.

Bundesliga

32-tur bahslari

4-may, shanba

Gollar: 1:0 — 27 Levandovski, 2:0 — 40 Goretska, 2:1 — 51 Jonatans, 3:1 — 84 Riberi

Gollar: 1:0 — 38 Klaus, 2:0 — 78 Tisseran

Gollar: 0:1 — 33 Kaderjabek, 1:1 — 72 Ginter, 1:2 — 79 Amiri, 2:2 — 84 Drmich

Gollar: 1:0 — 40 Ibishevich, 2:0 — 45 Duda, 3:0 — 67 Kalu, 3:1 — 70 Gomes

 Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-05-2019, 21:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 60) ( 0) ( 59) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют