» » Ulugbek Hamdam: Tildan mahrum bolish ozlikdan, ozlikdan mahrum bolish esa, or-u nomusdan mahrum bolishdir

Ulugbek Hamdam: Tildan mahrum bolish ozlikdan, ozlikdan mahrum bolish esa, or-u nomusdan mahrum bolishdir


Adabiyotshunos olim, shoir va yozuvchi Ulugbek Hamdam OzA sahifasida davlat tili haqidagi mulohazalarini bayon qildi.

1. Til millatning millat ekanligini korsatuvchi korsatgich, milliy davlatchilik ozagini tashkil qiluvchi muhim ijtimoiy-manaviy, siyosiy tarixiy, psixologik poydevor hisoblanadi. Bir guruh ozbekistonlik ziyolilarning rus tiliga rasmiy maqom berish togrisidagi takliflari togridan togri ana shu poydevorga urilgan zarba deb baholash kerak. Bu kabi chiqishlar sekin-asta yurtdoshlarimiz yuragiga, keyin ular ortasiga gulgula solishi, kelajakda esa, xalqni qoq ikkiga bolib tashlashi mumkinligini hisobga olib, bu taklifga keskin Yoq! degan javobni berish kerak.

2. 1989-yil 21-oktabrda ozbek tiliga davlat tili maqomining berilishi millatimizning qaytadan oyoqqa turishiga teng tarixiy, siyosiy, manaviy va psixologik hodisa edi. Bu hodisa necha zamonlardan beri tilimizni tiklash, qadrlash va hayotga qaytarish yolidagi ulkan odimlardan biri bolib tarixga kirdi. Mustaqillikning asos shartlaridan biri ham, shubhasiz, til mustaqilligidir. Mazkur tarixiy qadam bilan biz oz ona tilimizni sekin-asta yoqolib ketish xavfidan saqlab qoldik. Demak, yuz yillar mobaynida erishilgan yutuqni tanglayi ozga tilda kotarilgan bir hovuch ziyolining taklifi bilan barbod qilish millat tarixida kechirib bolmas xato va dog bolib qolishini hisobga olib taklifga yana bir bor Yoq! deb javob berish kerak.

3. Til bilish yaxshi. Til bilish bu uygonish. Hatto Renessans davrida ham odamlarning kamida ikki-uch tilni bilishi odatiy hol sanalgan. Uluglarimiz bir tilni bilgan bir odam, ikki tilni bilgan ikki odam, deya ogit berib kelganlar. Behbudiy tort tilni bilishni targib qiladi. Lekin ozga tilni bilish oz ona tilingning unutish hisobiga bolmasligi lozim. Aks holda, ozlikni boy berib qoyish mumkin.Shu manoda bugun hamma Navoiy bolishi shart! Albatta, gap uning dahosiga tenglashish haqida emas, balki turkiy tilga ona tilimizga munosabat borasida uning safidan joy olishimiz haqida bormoqda. Bugun har bir ozbek ongli ravishda borib, Navoiyning yoniga turmasa, uning pozitsiyasidan turib tilimizga yondashmasa, ozligimizga, milliy davlatchiligimizga putur yetishi mumkin. Tilni, demakki, ozlikni saqlashning bugungi yoli bitta Navoiy bolmoq!

4. Kimniki tili qaysi tilda chiqsa, u osha millatga mansub boladi. Tanining oq yo qora bolishi hal qiluvchi ahamiyatga ega emas. Uning kimligini til hal qiladi. Chunki til orqali millatning ruhi kirib boradi. Sen oz ona tilingni bilasanmi, demak, xalqingni bilasan. Ammo bugun zamonlar ozgardi. Bugun biz internet davrida yashayapmiz. Internet globallashuvga xizmat qilmoqda. Demak, ona tilimizning qollanilishini zamonaning talablariga hamqadam olib borishimiz, chunonchi, ozbek tilida internetdan toliq foydalanish imkonlarini (bu soha bilan bogliq barcha dasturlarni), ayni paytda, dunyoning jamiki faol tillaridan ozbek tiliga, ozbek tilidan esa ana osha faol tillarga tarjima qiladigan elektron tizimlarni, lugatlarni imkon qadar tezlik bilan yaratishimiz kerak boladi. Shuningdek, hamma sohalardagi ahamiyatga molik asarlarni ozbekcha tarjimalariga ega bolishimiz shart. Yoqsa, yoshlarimiz ongi va qalbini boy berib qoyishimiz hech gapmas. Chunki yoshlar hayotga real qaraydi. Ularni quruq vadalar bilan olib otirib bolmaydi. Ularga hayotlari davomida asqatadigan real takliflar berish kerak. Chunonchi, bolam, millatingni hurmat qilsang, ona tilingda gapir, xalqingning soglom urf odatlarini, otmishini unutma! desangiz-u bu yoqda ozbek tilida gapirish, yozish kelajak bilan chambarchas boglanib ketmaganligi malum bolib tursa, hamma nasihatlar suvga oqadi-ketadi. Ayniqsa, rus, ingliz yoki xitoy tilini organish, gapirish va yozish unga real moddiy-manaviy foydalar olib kelib tursa, bugungi ogil-qizlarimizning katta bir qismi uchun oz ona tilimiz haqidagi gaplarimiz hayotdan uzilgan ertaklardek eshitilishi turgan gap. Bas, shunday ekan, tilimizning, avvalo, oz yurtimizdagi mavqeini oshirish uchun qatiy va aniq chora tadbirlar olishimiz shart. Buning uchun,

Aytilganlardan xulosa qilib aytish joizki, davlat tilimiz bolmish ozbek tiliga togri va adolatli munosabatni shakllantirish uchun unga har tomonlama etiborni kuchaytirishimiz, uni, avvalo, zamonaviy ilm-fan tiliga aylantirishimiz kerak boladiki, shundagina ozgalar ham tilimizni hurmat qilib tan olishadi va organishadi. Zero, til bu ozligimizdir. Tildan mahrum bolish ozlikdan, ozlikdan mahrum bolish esa, or-u nomusdan mahrum bolishdir.



Manba: Daryo.uz
: admin (5-05-2019, 14:44)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 34) ( 0) ( 33) ( 1)
:
-
:
:
20 ... -