» » Rishton tumani MIB bolimi tomonidan 38 oila yarashtirib qoyildi

Rishton tumani MIB bolimi tomonidan 38 oila yarashtirib qoyildi


Majburiy ijro byurosi Rishton tumani bolimi say-xarakatlari tufayli ajrashgan oilalarni yarashtirish ishlari olib borilmoqda. Bu haqda MIB matbuot xizmati Daryoga xabar berdi.

Respublika Oila ilmiy-amaliy tadqiqot markazi tomonidan otkazilgan kichik sorovnomada urf-odatlar, qaynonaning kelinga soliq solishi, kuyovning esa kelin tomondan mulk tama qilishi, kelinning ota uyiga gap tashishi, telefon va ijtimoiy tarmoqlar, yoshlarning na fikrlash, na pul topish borasida mustaqil emasligi, yigitlarning oz sozining otkazishga harakat qilishi, qizlarning esa xopdan yiroqligi, diniy bilimdan bexabarlik, ozaro hurmat tushunchasining yoqolishi, besabrlik, aybini tan olmaslik kabi salbiy holatlar oilaviy ajrimlarning oshishiga olib kelayotganligi aniqlangan.

Tahlillar shuni korsatmoqdaki, ajrashish arafasida turgan, ajrim qayd etilgan oilalarning muammolari bir-biriga oxshamaydi. Ammo har biri oz yechimiga ega, ajrimga qadar oilani saqlab qolishning imkoniyati ancha yuqori bolgan.

Majburiy ijro byurosi Rishton tumani bolimi xodimlarining bu boradagi aliment bilan bogliq masalalarni hal etish maqsadidagi ish jarayonida tushuntirishlar samara berib koplab oilalar yarashtirilib qoyilmoqda.

Shunga kora, joriy yilning I choragi davomida bolim xodimlari tomonidan 38 ta shunday oilalar tushuntirish ishlari davomida yarashtirib qoyildi. Tiklangan oilalar esa bundan juda mamnun.

Xususan, fuqarolik ishlari boyicha Rishton tumanlararo sudining 2018-yil 28-avgustdagi sud buyrugiga asosan qarzdor Q.Yuldashevdan undiruvchi D.Yuldasheva foydasiga bir nafar farzandini moddiy taminoti uchun tortdan bir qismi miqdorida aliment undirish lozim edi. Bolim xodimlari olib borgan tushuntirish ishlari natijasida bu oila yarashgan.

Bugungi kunda Majburiy ijro byurosi Rishton tumani bolimi tomonidan olib borilgan tushuntirish ishlarida oila muqaddasligi, voyaga yetayotgan farzandlarning taqdiriga befarq bolmaslik, ularning kelajakda Vatan uchun kerakli inson bolib yetishishi va hayotda oz orniga ega bolishida ota-ona birdek masul ekanligi va farzandlar ularning birdek tarbiya va mehriga muhtoj ekanligi muntazam tushuntirib borilmoqda.



Manba: Daryo.uz
: admin (5-05-2019, 14:44)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 4) ( 0) ( 2) ( 2)
:
-
:
20 ... -