» » Dunyodagi eng semiz bolakayning oshqozoni operatsiya yordamida kichraytiriladi

Dunyodagi eng semiz bolakayning oshqozoni operatsiya yordamida kichraytiriladi


Dunyodagi eng semiz yigit hisoblanuvchi pokistonlik Muhammad Abrar operatsiya qilinadi. Bolakay g‘ayrioddiy ishtahasi sabab bir necha qadam ham tashlay olmaydigan ahvolga kelib qolgan, deb xabar beradi Daily Mail.

Muhammad Abrar tug‘ilganida 3,5 kilogramm bo‘lgan. Biroq shundan keyin chaqaloq semira boshlangan. Bunga uning ishtahasi sabab bo‘lgani aytilmoqda — bolakay o‘zidan katta uch aka-opasidan ko‘proq ovqat yegan. Bolaligida kuniga 2 litrlab sut ichgan, bu o‘z tengdoshlariga nisbatan 5 barobar ko‘p demakdir.

Muhammad shu qadar semirib ketganki, uning tagliklarini almashtirishni bir kishi eplay olmagani sabab alohida maxsus osma karavot yasatishgan.

6 yoshida Abrarning vazni yarim sentnerga yetganida uning ota-onasi haqiqatda xavotirga tushib qoladi: unga qadar ortiqcha vazn vaqt o‘tishi bilan yo‘qolib ketadi deb o‘ylab yurishgan. Yigitcha bir necha qadamni o‘zi mustaqil tashlay olmagani uchun shu kungacha maktabga ham bormagan.

O‘g‘lining vazni 200 kilogrammga yetganida uning ota-onasi mamlakatdagi taniqli jarroh Maaz Ul-Xasanga murojaat qilgan va ushbu muammoni yechimi sifatida Muhammadning oshqozonini sun’iy ravishda kichraytirish taklif qilingan.

Operatsiya u qadar murakkab hisoblanmaydi, biroq asosiy muammo undan keyin boshlanadi. Hozirda Muhammad nonushtaga to‘rt likopcha guruch yeydi, operatsiyadan so‘ng esa suvuq ovqat ichishi va muntazam sport bilan shug‘ullanishga majbur.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-05-2019, 10:00)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 39) ( 0) ( 38) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют