» » Buxoroda havodan ichimlik suvi oladigan qurilma o‘rnatiladi

Buxoroda havodan ichimlik suvi oladigan qurilma o‘rnatiladi


O‘zbekistonning Isroildagi elchixonasi 3-may kuni havodan ichimlik suvini ajratib oluvchi qurilma ishlab chiqarishga ixtisoslashgan Watergen kompaniyasi vitse-prezidenti Mixail Rutman bilan muzokaralar olib bordi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligining matbuot xizmati xabar berdi.

Tomonlar hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, jumladan, O‘zbekistonda Watergen ishlab chiqarish liniyasini ochish imkoniyatlarini muhokama qildi. Shuningdek, Isroil kompaniyasi agregatini O‘zbekistonning qurg‘oqchil iqlim sharoitida sinovdan o‘tkazish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Unga ko‘ra, yaqin kunlarda Buxoro viloyatida kuniga 900 litr ichimlik suvini ishlab chiqarish imkoniyatiga ega Watergen atmosfera generatori o‘rnatiladi.

Generator sinov davrini rasmiy ishga tushirish hamda muzokaralar olib borish uchun Mixail Rutman 12—16-may kunlari O‘zbekistonga keladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-05-2019, 20:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 87) ( 0) ( 84) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют