» » Dima Bilan qanday uyda yashaydi? Qo‘shiqchining hashamatli uyidan suratlar

Dima Bilan qanday uyda yashaydi? Qo‘shiqchining hashamatli uyidan suratlar


Dima Bilanning uyi Rasskazovo posyolkasidagi Borovskiy shosse yaqinida joylashgan. San’atkorning aytishicha, bu uyni tanlagunicha u 40 ga yaqin qo‘rg‘onni ko‘zdan kechirgan. Aynan shu variantni tanlashiga esa uyning Skazka ko‘chasida joylashgani va atrofi qarag‘ay o‘rmoni bilan o‘ralgani sabab bo‘lgan.

Qo‘shiqchi bu uyni 2010-yilda 1 million yevroga (1 120 565 dollar) sotib olgan. Avvaliga u uy bo‘lmagan — 24 sotix yerga qurilgan beton korobka edi. Qurilish 3 yilga yaqin davom etgan. Oxiri 400 kvadrat metr maydonga ega ikki qavatli kottej yuzaga kelgan.

Suhbatlashib o‘tiradigan joy ekouslub va shahar uslubining uyg‘unligida qurilgan. Bu yerda qulaylik va shinamlik hamohangdir. Uning dizaynini yaratishda Dimaga dizayner Natalya Gluxovskaya yordam bergan.

Uydagi barcha xonalar yoqimli ranglarda bezatilgan: yong‘oq, qaymoq, kulrang-jigarrang va qahva ranglarida. Mehmonxona oshxona bilan tutashib ketgan. Ovqatlanish xonasida katta stol va stul-kreslolar mavjud.

Kutubxona maxsus eskiz bo‘yicha qurilgan. Devorlar Sankt-Peterburgdan keltirilgan eski g‘ishtlardan qad ko‘targan. Polda esa qo‘l mehnati bilan yaratilgan turk gilami to‘shalgan.

Mehmonxonaga yumshoq mebellar joylashtirilgan. Xonaga jozibador Yamaha royali alohida ko‘rk berib turibdi.

Birinchi qavatda launj-hudud bor. Mehmonlar uchun u yerda individual buyurtma asosida katta divan joylashtirilgan. Shuningdek, bu yerda original osma kreslo-arg‘imchoqlar ham bor. Devorga kimoshdi savdosida sotib olingan surat osilgan.

Qo‘shiqchining ishchi kabineti ikkinchi qavatda joylashgan. U yerda stol va kompyuter, qulay charm kreslo, divan va kichik javon bor.

Yotoqxonaning katta qismini ikki kishilik karavot egallaydi. Uning yonida bizonning boshi tasvirlangan tumbalar joylashgan.

Hammomning shifti va devorlari oniksdan ishlangan abstrakt panno bilan bezatilgan. Vanna esa mayda massaj uchun mo‘ljallangan mayda toshlar bilan to‘ldirilgan podiumga o‘rnatilgan.

Uyning boloxonasida esa qalin shishadan yasalgan pol va uy kinoteatri joylashgan. Xonaga, shuningdek, tun yulduzlarni kuzatish uchun teleskop ham o‘rnatilgan.

Chordoq esa xotiralar muzeyiga aylantirilgan. Sirli xonaga kirish uchun javondagi maxfiy kirish yo‘lagini topish kerak. Chordoqda fotosuratlar, qo‘shiqchi uchun qadrli bo‘lgan turli narsalar hamda arzon narsalar sotiladigan bozordan xarid qilingan antiqa buyumlar saqlanadi. Dima bu xonaga bir yilda bir marta muhim hodisalarni eslash uchun kiradi.

Xonandaning uyida yana shunday bir xona borki, u yerga begonalar kiritilmaydi. Bu uning musiqa studiyasidir. U yerda Dima ijod bilan shug‘ullanadi. Dmitriy Bilanning bundan tashqari yana boshqa uylari ham mavjud. Lekin u bu uyni haqiqiy uyi deb hisoblaydi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-05-2019, 15:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 97) ( 0) ( 96) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют